BBC Akademiyasi
Hamkasblar ishiga baho berish
Ijodiy ish borasida fikr bildirishning oʻn oson yoʻli
Kun davomida haddan tashqari band boʻlgan esangiz-da, kun oxirida hamkasblaringizning ishiga baho berish, nima yaxshi boʻlganiyu, qaysi narsa koʻngildagidek boʻlmagani borasida fikr almashish juda muhim. Doimo shu haqda oʻylang: radioeshittirish yoki telekoʻrsatuvni yanada yaxshilash uchun nima qilmoq kerak? Dastur muhokamasi bu boradagi eng oson yoʻldir.
1-maslahat: Har qanday sharoitda ham fikr almashing
Muhokamani bekor qilmang, ortga qoldirmang! Bilamiz, baʼzan shunday boʻladi: vaqtingiz kam va sizning aytadigan gapingiz yoʻq. Biroq shu narsa yodingizda tursin: agar siz kimningdir xato-kamchiligini koʻrgan boʻlsangiz, bu haqda siz nima deb oʻylayotganingiz borasida unga samimiylik bilan ayting. Ishonchimiz komil, u buni qadrlaydi va buning uchun sizdan minnatdor boʻladi. Sizning soʻzlaringiz yoqmasligi ham mumkin, ammo hech boʻlmaganda sizni tinglashadi. Ikkinchi gal birinchisiga qaraganda oson boʻlishiga ishonamiz.
2-maslahat: Nega fikr bildirishga qaror qildingiz, maqsadingizni aniq yetkazing
Fikr bildirilishining faqat bir sababi bor – ertangi kun ishini bugungidan ham yaxshiroq qilish. Yangi muxbir yoki tahririyat xodimi koʻproq maslahatga muhtoj ekani aniq – ularda malaka hali yetarli emas. Ularning oʻziga nisbatan ishonchi ortib borgan sari, nima ish berayaptiyu-nima yoʻq, oʻz tarjribalarini siz bilan oʻrtoqlashib boradilar. Ammo bu gapni tajribali reportyorlarga nisbatan ham aytish mumkin. Baʼzan ular ham biror mavzuni notoʻgʻri yoritishlari mumkin. Bunday paytda muharrir ularga maslahat berishi lozim boʻladi.
3-maslahat: Oʻz fikr va bahongizga ega boʻling
Siz oʻzingizning ishingiz haqida kimningdir bahosini ikkinchi yo uchinchi odamdan eshitishni xohlarmidingiz? Bunday holatlar tez-tez yuz berib turadi. Faqat Londondagi muharrir bildirgan fikrga tayanib qolmang! Oʻz fikringizga ega boʻling, oʻz bahongizni shakllantiring, qanday oʻylayotganingiz borasida boshqalarga ayting! Agar muharrirning fikriga qoʻshilmasangiz, buni unga ayting! Bu ancha munozarali masala boʻlishi mumkin.
4-maslahat: Maqtovingizni ayamang
Dastur muhokamasi faqat xatoni tuzatish majlisi emas. Bu odamlarni yanada ilhomlantiruvchi vosita hamdir. Shunday ekan, hamkasblaringiz bir ishni qoyillatsalar yoki bir narsaga jon-jahdi bilan intilsalar, ularning bu harakatlarini maqtang! Hamkasbingiz ishiga yuqori baho berishni shaxsan uning oʻziga aytish bilan, elektron maktub yoki SMS-xabar shaklida yetkazish mumkin. Qay biri sizga qulay boʻlsa, undan foydalaning. Buning natijasini keyingi tanqidiy bahongiz payti koʻrasiz: agar mabodo reportyor xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsayu, siz uni tanqid qilsangiz, u sizni diqqat bilan tinglaydi. Siz oʻzingizni bankka pul qoʻygan kishidek his qilasiz.
5-maslahat: Konkret boʻling
Maqtovning ham, tanqidning ham qoidasi bir – konkret boʻlish. "Juda yaxshi" yoki "Yaxshi boʻlmadi" deyishning oʻzi yetarli emas. Agar juda yaxshi boʻlsa, nimasi yaxshi, nima ish berdi? Agar koʻngildagidek boʻlmasa, nima ish bermadi? Bu savollarga javob topish uchun balki qilingan ishni yana bir koʻzdan kechirib chiqishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Xato qayerda oʻtgan – tuzilishi notoʻgʻrimi? Yoki gap tilidami?
6-maslahat: Fikr-munosabat bildirishning barcha imkoniyatlarini ishga soling
Fikr-munosabat bildirishning xoh rasmiy boʻlsin, xoh norasmiy, har qanday imkoniyatidan foydalaning. Yuzma-yuz gaplashish – eng yaxshi yoʻli. Bu suhbat yoʻlakda boʻlishi mumkin yoki oshxonada. Agar reportyor idorada boʻlmasa, elektron maktub yoki telefon xabari yozgandan koʻra, qoʻngʻiroq qilish afzaldir. Ammo yuzma-yuz gaplashish zarurligi yodingizdan chiqmasin – balki buni yil yakuniga bagʻishlangan hisobot uchrashuvi payti qilish mumkindir. Yil davomida bir necha marta fikr bildirish juda foydalidir.
7-maslahat: Bu oʻzaro muloqotdir
Doim tinglashga, doim oʻrganishga tayyor boʻling! Balki reportyor nega material koʻngildagidek, siz xohlaganday chiqmagani sababini sizga qaraganda yaxshiroq bilar. Shuning uchun avval uni tinglang, reportyordan oʻsha paytda qaror qabul qilayotganda eng muhim hisoblangan jihatlariga doir savollarni soʻrang. Va ayrim masʼuliyat oʻzingizning boʻyningizda boʻlishi mumkinligiga ham tayyor turing! Balki oʻsha paytda siz reportyor bilan koʻngildagidek muloqot qilmagandirsiz? Siz uni yanada yaxshiroq xabardor qilib, qaysi jihatlarini yoritilishini xohlayotganingizni bundan-da aniqroq qilib tushuntirishingiz mumkinmidi? Bundan keyin mana shu muloqotingiz qanday samara berayotganini tekshirib boring.
8-maslahat: Oʻzingizni tinglovchi-tomoshabin oʻrniga qoʻying!
Agar siz mavzu koʻngildagidek yoritilmadi, degan xulosaga kelsangiz va bu voqeaning tarixidan xabardor boʻlsangiz, oʻzingizni bu haqda birinchi marta eshitayotgan yoki tomosha qilayotgan inson oʻrniga qoʻyib koʻrib ish tuting! Buni reportyordan iltimos qilish mumkin: reportyor ilk bor koʻrayotgan yoki tinglayotgan kishiga moʻljallab xabar uzatsin. Baʼzan axborotning qayerida tili murakkablashib ketgani yoxud tinglovchi allaqachon biladi, degan fikrda eng muhim fakt nazardan qochirib yuboriladi.
9-maslahat: Mushohadaga undaydigan savollarni bering
Agar siz reportyorning hodisani yanada yaxshiroq hikoya qilib berishini xohlasangiz, u oʻz xabarini yozayotgan paytida bu xabarning ichiga nimani "qoʻyish"ni, nimani "qoʻymaslik" borasida oʻylashi kerakligini maslahat bering. Oddiy savollarni qoʻying. Misol uchun mening eng yoqtirgan savolim: "Bu hikoya nima haqda?" Savolni qoʻygan paytingiz reportyor butun axboroti davomida aytolmagan fikrini sizga bir jumlada tushuntirib berishi mumkin. Va reportyordan oʻzining xabari ichiga nega bu narsani qoʻygani, nega boshqasini olib tashlagani sababini soʻragan. Bu yoʻldagi muhokama hikoya soʻzlab berishdek jurnalistika kasbida juda foydali yoʻl boʻladi.
10-maslahat: Ayrim umumiy maqsadlarni aniqlashtirib oling va bu maqsadlarga erishish uchun reportyor qanday koʻmakka muhtoj, buni ham tekshirib oling. Reportyor oʻzi uchun yangi boʻlgan narsalarga qoʻl urgan payti siz uni kuzatib borishingiz va oʻz fikrlaringizni bildirib turishingiz haqida oʻzaro kelishib oling. Reportyordan soʻrang, u oʻz oldiga qoʻygan maqsadlar haqida boshqa muharrirlarni ham xabardor qilish reportyorga foydali boʻladimi yoki yoʻq. Va reportyorga koʻmak uning faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qilishini unutmang! http://www.bbc.co.uk/academy/uz/articles/art20141016161949740
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев