Bu haqda mustaqil O'zbekiston tarixida o'z tashabbusi bilan birinchi xalq kutubxonasini ochgan rishtonlik tadbirkorning o'zi Facebook'dagi sahifasida ma'lum qildi. Ta'kidlash joiz, mamlakat prezidenti tomonidan bu kabi xalq kutubxonasiga ko'rsatilgan e'tibor va iltifot ham O'zbekiston uchun yangicha voqe'lik bo'ladi. Internet olamida o'zbekistonliklarga Dima Qayum nomi bilan tanilgan Dilshod Boltaboevning aytishicha, o'zbek va ingliz tillarida bitilgan bu kitoblar "O'zbegim", deb nomlanadi. Ularda o'zbek milliy san'ati, udumlari, taomlari, o'yinlari va qadimiy obidalari haqida so'z boradi. Yaqinda "Roshidoniy" deb nomlanuvchi bu xalq kutubxonasining buzilishiga oid xabarlar o'rtaga chiqqan. Tadbirkor Facebook'dagi sahifasi orqali shaxsan mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoevga jonli murojaat bilan chiqqan. Buning ortidan, prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovning bu masalaga e'tibor qaratgani ma'lum bo'lgan. Prezident matbuot kotibi o'zining Facebook'dagi rasmiy akkauntida, "Eslatish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev kitobxonlik madaniyatini oshirish zarurati haqida o‘z nutqlarida ko‘p bor ta’kidladi. Kitob mahsulotlari nashr etish tizimini rivojlantirish va kitob mutolaasini targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus komissiya ham tuzilgan edi. Xalq, jamiyat qo‘llab-quvvatlamasa, davlatimizning bu tashabbuslari to‘la amalga oshmagan bo‘lardi. Shu jihatdan, Dilshod Boltaboyevning tajribasi va amaliy ishlari e’tiborga loyiq. Oramizda Dima Qayumdek insonlar borligidan xursandman. Uning boshlagan ishlarida omad tilayman va Xalq kutubxonalari butun mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etiladi, deb umid qilaman", degan so'zlarni yozib qoldirdi. Dima Qayumning aytishicha, Komil Allamjonov qo'ng'iroq ham qilgan, tabriklab, ishlariga omad tilagan. #bbc #bbcuzbek #uzbekistan🇺🇿 #president #shavkatmirziyoyev #people #market #bazar #centralasia #world #travel #samarkand #bukhara #uzbeks #food #foodlovers #узбеки #узбекистан #базар #бозор #узбектаомлари #мирзиёев #путешествие #самарканд #бухара #healthyfood #healthyeating #тошкент #fruits
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13