Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilganligi va tergov olib borilayotganligi maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston prezidenti farmoni bojxona shaffofligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirishdan tashqari, bojxona organlari xodimlari oʻrtasidagi korruptsiyaviy huquqbuzarlik va xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlariga qarshi kurashni maqsad qilgan.
"Talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilganligi va tergov olib borilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin", - deyiladi hujjatda.
Tadbiq etiluvchi eng ahamiyatli yengilliklardan biri shuki, tadbirkorlar endi Oʻzbekistonga olib kiriluvchi mahsulotlarni oldindan deklaratsiya qilish va chegaradan olib kirish bilanoq uni sotish huquqiga ega boʻladilar.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, mahsulotlar deklaratsiyasi faqat mamlakatga olib kirilganda amalga oshirilardi. Bu esa tovarlarning uzoq vaqt bojxona omborxonalarida navbatda qolib ketishiga sabab boʻlardi.
Hujjatga koʻra, bojxona idoralarining boshqa va xalqaro idoralar bilan hamkorligi sust tashkil etilganligi sababli kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olinmayapti va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash hollari davom etyapti.
Farmonda, shuningdek, bojxona organlarini takomillashtirishdan maqsad turizmni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish ekani aytilgan.
"Xorijiy davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bojxona ishi sohasida ilgʻor tajribani, xalqaro norma va standartlarni tizimli oʻrganish va joriy qilish", - deyiladi unda.
Farmonga koʻra, joriy yilning 1 iyulidan boshlab tovarlarni bojxona rejimlariga joylashtirishda, shuningdek, xorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston hududi boʻylab harakatlanish marshrutlarini oʻzgartirishga bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bekor qilinadi.
Prezident oʻz farmonida bojxona organlarida vatanparvar kadrlarni tayyorlash ahamiyatini ham alohida urgʻulagan.
Fevral oyida Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olingan edi. Uning lavozimdan olinishi matbuotda bojxona tizimida olib borilayotgan tekshiruvlar tufayli yuz bergani xabar qilingan.
Qoʻmitaga bosh prokuror oʻrinbosari, general-mayor Murotjon Azimov yangi rais etib tayinlangan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/lotin-43755218 #bbcuzbek #Oʻzbekiston #Davlat #bojxona #qoʻmitasi #Prezident #Shavkat #Mirziyoyev #farmon
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев