Oʻzbekiston Din ishlari qoʻmitasi 2018 yilgi Haj ziyoratining narxi 38000000 Oʻzbekiston soʻmi etib belgilagani haqida xabar tarqatdi.
Shu kecha-kunduzda Oʻzbekiston Markaziy banki 1 AQSh dollarining kursini 8146 soʻm etib belgilagan, bu degani oʻzbekistonlik hojilar Hajga borishlari uchun 4668 AQSh dollariga teng mablagʻ toʻlashlari lozimligini anglatadi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning religions.uz rasmiy web-saytidagi xabarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari Oʻzbekiston hukumatining Haj ziyoratini tashkillashtirishga yondashuvini namunali deb biladi.
"Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni Podshohligi Oʻzbekiston tomonining haj va umra ishlarini tashkillashtirishi, ziyoratchilarga qulay sharoit yaratish hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarini yuqori baholab, dunyoning rivojlangan mamlakatlari Turkiya, Malayziya, Indoneziya davlatlari qatorida ekanligini taʼkidlamoqda", deyiladi xabarda.
Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston hukumati Haj ziyoratiga bormoqchi boʻlganlarning sonini atayin pasaytirib kelishda tanqid qilindi.
Oʻzbekiston rasmiylariga koʻra, 2017 yildan Haj va Umra kvotalari koʻpaytirilgan.
"Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bir guruhi bepul hajga yuborildi. Shu kunga qadar jami 120 mingdan ziyod fuqaro haj ibodatini, 92 mingdan ortigʻi umra amalini ado etdi", deyiladi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasining xabarida.
2017 yil Oʻzbekistondan 7200 nafar yoki oldingi yildagiga solishtirganda 40 foiz koʻp musulmon Haj ziyoratini ado etdi.
Shuningdek, bundan oldin Oʻzbekistonda Hajga boruvchilar roʻyxatiga kiritilish uchun pora talab qilinishi haqidagi ayblovlar ilgari surib kelingan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43681219 #haj #hoji #oʻzbekiston #makka #kaʼba #haj #makka
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003055 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11