Britaniyalik nazariyachi fizik Stiven Hoking(Stephen William Hawking) ogʻir neyrodegenerativ xastaligiga qaramasdan oʻz davrining eng hurmatli va mashhur olimlaridan biri boʻldi. U Kembrijdagi uyida 76 yoshida vafot etdi.
Ajoyib yumor tuygʻusi bilan u fanning ommalashtiruvchi boʻldi va oʻz mehnati keng jamoatchilikka yetib borishi uchun har doim harakat qilgan.
1988 yili nashrdan chiqqan unga tegishli "Zamonning qisqa tarixi" eng koʻp sotilgan kitoblar sirasidan oʻrin olgan.
Hoking mashhur teleshoularda ishtirok etardi, uning raqamli ovozini taniqli musiqachilar oʻz asarlarida ishlatdi.
Stiven Uilyam Hoking 1942 yilning 8 yanvarida Oksfordda tavallud topdi. Otasi tadqiqotchi biolog nemis bombardirovkalaridan saqlanish uchun Londonnni tark etgan.
Hoking London va Sent-Olbansda ulgʻaydi. Oksford universitetida fizika boʻyicha bakalavrni bitirdi va kosmologiyani oʻrganish uchun Kembrijga keldi.
Oʻsmirlik chogʻida u chavandozlik va eshkak eshish bilan shugʻullandi. Biroq Kembrij universitetida yon tomon amiotrofik skleroz tashxisi qoʻyiladi. Bu xastalik keyinchalik uni butunlay falaj boʻlib qolishiga olib keldi.
1964 yili Hoking oʻzining birinchi xotini Jeyn bilan turmush qurmoqchi boʻlganida shifokorlar unga 2-3 yillik umri qolganini aytgandi.
Biroq xastalik kutilganidan sekinroq rivojlandi.
Er-xotindan uch farzand tugʻildi.
1988 yilga kelib traxeotomiyani boshidan kechirgan Hoking ovozni sintezlab beruvchi uskuna yordamida gapiradigan boʻlib qoldi. Shu holida u koinotga yoʻl koʻrsatgich boʻlib xizmat qilgan "Zamonning qisqacha tarixi" kitobini yozib tugatdi.
20 yil davomida ushbu kitobning 10 milliondan ortiq nusxasi sotildi.
Mashhurlik
Hoking - qora tuynuklarning gʻoyib boʻlishi nazariyasi muallifi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga koʻra, qora tuynuk nafaqat atrofidagi narsalarni yutib yuboradi, balki oʻzi ham turli qismlarga boʻlinadi va alal-oqibat yoʻq boʻlib ketadi.
Hoking tomonidan yozilgan Qora tuynuk boʻlaklarining elementar nurlanish jarayoni "Hoking nurlanishi" nomini olgan.
Afsonaviy olim ilmiy yechimlarni hisobsiz yoki tajribalarsiz vizuallashtirish kabi oʻziga xos qobiliyati bilan tanilgan edi.
Biroq uning borliq aniq qonuniyat asosida rivojlanmoqda degan "borliq nazariyasi" unga koʻproq eʼtibor qaratgan boʻlishi mumkin. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/institutional-43402736 #bbcuzbek #Britaniyalik #nazariyachi #fizik #Stephen #William #Hawking #Stiven #Hoking #London #SentOlbans #Oxford #University #Cambridge #Oksford #universiteti #fizika #kosmologiya #Kembrij
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3