Oʻzbekiston mehnat muhojirlarini Germaniya, Qozogʻiston va Ummon Sultonligiga ishga yoʻllash masalasini koʻrib chiqmoqda.
Mahalliy internet nashrlariga koʻra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Ravshan Ibragimov Oʻzbekiston ishchilar yuboriladigan davlatlar roʻyxatini muntazam ravishda kengaytirmoqda.
"Avvallari Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya va Polsha kabi davlatlarga tashkillashtirilgan holda ishchi yigʻilardi. Endi Birlashgan Arab Amirliklari bilan ham hamkorlikni boshlayapmiz. Shuningdek, agentligimiz Germaniya, Qozogʻiston va Ummon Sultonligi bilan mehnat migratsiyasi boʻyicha hamkorlikni oʻrnatish yoʻlida ish olib boryapti", - deb aytgan Ibragimov.
Dushanba kuni esa agentlik Turkiyaning Tayga group kompaniyasi bilan oʻzbekistonlik ishchilarni Turkiyaga joʻnatish boʻyicha hujjatlarga imzo chekdi.
Turk kompaniyasi Oʻzbekistondan uy xizmatkorlari, idish-tovoq yuvuvchilar, farrosh, vaxtyor, ofitsiant, barmen, mehmonxona xizmatkorlari, oshxona ishchilari va oshpazlarni ishga yigʻmoqda.
Ishchilar Turkiyada dushanba-juma kunlari ishlashi va oyiga 430 dollar oylik olishlari kutiladi.
Turk tomoni safar va yashash xarajatlarini qoplashi aytilgan.
Agentlik joriy yilda Rossiyaga rasman yana 50 ming migrantni yoʻllashi koʻzda tutilgan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16
СИЗНИНГЛАРЧА
Хукуматни тутётган йули Тугрими?
Имкони бор Мухбирлар изох фикрларингни колдирсанглар
Мухлис.