15 fevral kuni Toshkent Tibbiyot akademiyasi(sobiq 2-ToshMI)da 16 yoshli Begzod Toʻraxoʻjayev olamdan oʻtgan.
Ota-onasining mahalliy ommaviy axborot vositalariga aytishlaricha, oʻsmir koʻrichak taxmini bilan shifoxonaga olib borilgan, shifokorlarning beparvo masʼuliyatsizliklari oqibatida bevaqt hayotdan koʻz yumgan.
Soʻnggi yillarda ahvoli ogʻir bemorga narkoz quyish yoki quymaslik ham "biznes"ga aylantirib yuborilgani sir emas, birgina shu sabab tufayli koʻplab yosh insonlar shifoxonada joni uzilgani hollari butun respublikada uchraydi.
Bunday oq xalatli insonlarni shifokor emas, qassob deb atash ham boshlangan.
Bir zamonlar Gippokrat qasamyodi tufayli oʻz jonini fido qilib boʻlsa ham bemor hayotini saqlab qoladigan inson sifatida koʻrilgan shifokor bugun puli boʻlmagan bemorning oʻlishiga befarq qarab turadigan sovuqqonlarga aylandilarmi?
Bekorga Prezident Mirziyoyev qudratga kelganidan buyon Oʻzbekistondagi sogʻlikni saqlash va farmatsevtika sohasiga boshqa barcha sohalardagidan ham koʻra koʻproq farmon va qarorlar qabul qilmadi, ushbu masalalarga bagʻishlangan eng koʻp majlislarni oʻtkazdi.
Sizningcha, Oʻzbekiston tibbiyoti darajasi yuksalishi, inson salomatligi uchun masʼullarning yanada masʼuliyatliroq boʻlishlari uchun yana nimalar qilmoq talab etiladi?
#toshmi #toshmi #tashmi #meditsina #vrach #shifokor #oʻlim
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 158