Oʻzbekiston rahbariyati mamlakat zaminida yetishtirilgan meva-sabzavotni imkoni boricha eksportga chiqarilishini, bundan xalq farovonligi oshishini istamoqda.
Bu yildan paxta maydonlari yanada qisqartirilib, oʻrniga bogʻlar tashkil etildi, Oʻzbek dehqonlari shu vaqtlargacha oʻzlariga notanish ekinlar, qizil qalampir, tibbiyot ehtiyoji uchun zarur oʻsimliklarni yetishtirishni boshladilar.
Mevalarning Dubayga eksporti ichki bozorda narx-navoni koʻtaradimi?
Oʻzbekistonda paxta oʻrniga qalampir ekiladi
Mirziyoyev bogʻbonlarga gʻamxoʻrlikni boshladimi?
Mamlakat rahbariyati 2020 yilga borib meva-sabzavot ishlab chiqarishni yiliga 32 million tonnaga yetkazishni rejalashtirganini eʼlon qilgan.
Mamlakatda tashkil etilgan "Oʻzagroeksport" aktsionerlik jamiyatiga meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini xorijga olib chiqib sotishni tashkil qilish vazifasi yuklatildi.
2017 yil yozida "Oʻzagroeksport"ning monopolistlik huquqi bekor qilindi, oʻzbekistonlik har bir tadbirkorga oʻz mevasini eksportga olib chiqishiga ruxsat berildi.
27 fevral kuni mahalliy ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga koʻra, "Oʻzagroeksport" shirkati 2018 yilgi meva-sabzavotni sotib olish masalalariga bagʻishlangan majlis oʻtkazgan.
Bu majlisda eksportga emas, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ehtiyoji uchun ham mevalarni sotib olish narxlari belgilangan.
"Jumladan, ichki bozorda ham oʻz xaridorini topa olmaydigan gilos mevasini endilikda "Oʻzbekoziqovqatxolding" tarkibidagi "Oʻzagroeksport" Aktsionerlik jamiyati dehqon, fermer va tomorqa xoʻjaliklaridan oldindan pul oʻtkazish shartnomalari asosida xarid qilib oladi", deyiladi xabarlarda.
Bu maqsaddagi gilosning 1 kilogrammiga 3000 soʻm toʻlashga qaror qilgan "Oʻzagroeksport" rahbarlari.
Gilos Oʻzbekistonda odatda may-iyun oylarida pishib yetiladi va asosan yaqin xorijdagi mamlakatlarga eksport qilinadi. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43216016
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5