23 fevral kuni "Temuriylar tarixi" davlat muzeyida Turkiston muxtoriyatining 100 yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. 1917 yilniing 27 noyabrida tuzilgan va 1918 yilning fevraliga qadar 72 kun umr koʻrgan bu davlat bolsheviklar tarafidan tor-mor qilingandi.
Anjumanda professional tarixchi va filolog olimlar, yozuvchilar, davlat idoralari vakillari, chet el diplomatik korpuslari rahbarlari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoqlar faollari, blogerlar va Turkiston muxtoriyati tarixiga qiziquvchilar ishtirok etdi.
Tadbir boshlanishida, Turkiston Muxtoriyati madhiyasini Choʻlponning qarindoshi oʻqib bergan.
Anjumanda maʼruza qilgan olimlar Turkiston muxtoriyatining mintaqa xalqlari orasida davlatchilik nuqtai nazaridan oʻrni haqida gapirgan.
Maʼruzalarda Turkiston muxtoriyati tarixi, uni qurishda ishtirok etgan tarixiy shaxslar, ularning Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni xususida soʻz yuritilgan.
Tadbir ishtirokchilari muxtoriyatning umumiy tarixi, ichki va tashqi siyosati, armiyasi, iqtisodiy faoliyati haqida maʼlumotlarga ega boʻlgani aytilmoqda.
Chor podshosi agʻdarilganidan soʻng yuzaga kelgan vaziyat - mustaqillikka chiqish imkoniyatidan foydalanib tuzilgan mintaqadagi ilk demokratik va dunyoviy tuzilmaning 100 yilligi Oʻzbekistonda hech bir tarzda nishonlanmayotganidan tarixchi olimlar va adabiyotchilar taassuf bildirgan edi.
Biroq kechroq boʻlsa ham Toshkentdagi bir guruh tashabbuskorlar muxtoriyatning 100 yilligiga bagʻishlangan anjuman tashkil qilishning uddasidan chiqqan.
Turkiston muxtoriyati - Oʻrta Osiyo tarixidagi birinchi zamonaviy demokratik davlat hisoblanadi.
U 1917 yil 28 noyabrida Qoʻqon shahrida taʼsis etilgan.
72 kunlik faoliyatidan soʻng muxtoriyat 1918 yil 22 fevral kuni Turkiston komissariati hamda unga markazdan yuborilgan sovet armiyasi guruhlari tomonidan tugatilgan.
Oʻsha yillarda sobiq Rossiya imperiyasining boshqa hududlarida ham shu kabi mustaqil davlatlar tuzilgan, ammo Qizil armiya tomonidan birin-ketin tugatilgan edi.
Anjumanda ishtirok etgan Ukraina elchisi Yuriy Savchenko oʻz chiqishida deyarli bir davrda mavjud boʻlgan Turkiston muxtoriyati va Ukraina Xalq Respublikasi tarixidagi shu kabi parallellarga eʼtibor qaratdi, deya xabar bergan daryo.uz nashri. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6