" http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42694512?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Ijtimoiy tarmoqlarda marhum shoir Abdulla Oripovning umrining soʻnggi yillarida yozgani sheʼri paydo boʻldi.
"05.10.2015, AQSh, Xyuston" deb sana qoʻyilgan sheʼrni uning shogirdlaridan Alisher Nazar Facebookdagi sahifasida eʼlon qildi.
"Vatanim" nomli sheʼr Oʻzbekiston davlat madhiyasi muallifi va Oʻzbekiston Qahramoni boʻlgan atoqli shoirning vatan haqidagi avvalgi sheʼrlaridan farq qiladi.
"Bundan tashqari ham hali eʼlon qilinmagan turkum sheʼrlar, dostonlar bor ekan. Nasib etsa, 2018 yilda Abdulla Oripovning oʻzidan boshqa hech kim oʻqimagan yangi sheʼrlari muhtasham bir kitob holida nashr etiladi!", deb yozgan Alisher Nazar sheʼrni Facebookdagi taqdimida.
Quyida sheʼrni eʼtiboringizga havola qilamiz.
Abdulla ORIPOV,
Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri
VATANIM
Har bir uyda aygʻoqchi,
Har qadamda iskovich,
Odamni koʻrsa qochar,
Bedovlaring hurkovich.
Oshingga zahar soldi,
Gʻanimlaring bir hovuch,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Non bermaydi va lekin
Non yeganni oʻldirar,
Oʻsib turgan niholni
Ayoz kabi soʻldirar.
Bozor bormay qoʻyningni
Puch yongʻoqqa toʻldirar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Har koʻchada ming mirshab,
Har goʻshada avaxta,
Haq deganning ogʻzi berk,
Qon yutar laxta-laxta.
Oʻzi-ku paxta ekkan,
Yostigʻi boʻldi taxta,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Ilmu irfon jaholat
Gʻoriga kirib ketdi,
Oʻlik tirikdan oʻtdi,
Tirik oʻlikdan oʻtdi.
Adolat istab borsang
Yolgʻon tirshayib kutdi,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Qaylargadir yoʻqoldi
Mehr bilan muhabbat,
Qoʻlida xanjar ushlab,
Adovat qoldi faqat.
Yomon gap arzon-garov,
Yaxshi gap boʻldi qahat,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Toʻgʻrigoʻylar bir chetda,
Eʼzozdadir igʻvogar,
Qaytdik oʻrta asrga,
Odam pullar savdogar.
Ming yillik xazinangni
Talab yotar oʻgʻri, gʻar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Oʻlib ham boʻlmay qoldi,
Yuvgʻich urar kafandan,
Kimlardandir yuqqan kir
Ketmas sira badandan.
Quruq hashaklar qoldi
Gullab turgan chamandan,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Quvgan ham xalqim deydi,
Xalqim deydi qochgan ham,
Lekin xalqning ahvolin
Oʻylamas biror odam.
Jallod ham xalq nomidan
Oʻqir farmonni u dam,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Turfa xil zamonlarni
Koʻrgan bitta insonman,
Goh faxr etsam, goho
Baridan pushaymonman.
Netayki men na Xorun,
Na yoki Sulaymonman,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Barchasiga sababdir
Asli nafsning balosi,
Mehnatkash xalqning esa
Yechilmas muddaosi,
Inshoolloh, bandaga
Boqqay bir kun Xudosi,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
05.10.2015 yil. AQSh, Xyuston. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
Xaq so'zni aytarkan
Kal...
Avval rosa yurgandi
Oshu qatiq bo'lgandi