Prezident Mirziyoyev Tojikiston bilan oʻrtada paydo boʻlgan 20 yillik muz erishi kerak, deganidan soʻng ikki davlat koʻp masalada kelishuvga erishgan. Hukumatlar oʻrtasidagi munosabatlarning iliqlashuvi ikki davlat oʻrtasidagi chegaradan oʻtishda ham ijobiy oʻzgarishlarga olib kelgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda fikr qoldirayotgan oʻzbekistonliklar Karimov davridagi va hozir oʻzbek-tojik chegarasidagi ahvolni solishtirgan.
Oʻzbekzabon Facebook da ancha faol boʻlgan blogger Sayyid Islom togʻasining Tojikistondan tushirgan kelini chegarada duch kelgan holatlar haqida yozgan.
"Togʻam Tojikistondan kelin tushirganlar. Kelin oyim qariyb yigirma yil shu yerda yashashiga qaramay, haligacha fuqarolik ololmagan. Har oy Tojikistonga borishi bir azob. Viza masalasi, chegaradagi noqulayliklar... U yoqdagilarni kelishi undan ham katta muammo. Ayniqsa toʻy hashamlarda juda qiynaladi, bechora.
Kuni kecha bir narsa aytib berdi:
"Oʻtgan yili chegaradan oʻtib, Tojikistonga bordim. Qaytishda Tojik chegarachilaridan oʻtdim. Tojik va Oʻzbek chegarasigacha anchagina piyoda yuradigan masofa bor. Neytral hududdan toki Oʻzbek chegarasiga qadar, qoʻlida sumkalari bilan yoshlar ham charchab qoladi. Qariyalarni-ku, gapirmasa ham boʻladi.
Oʻzbek chegarasiga bir amallab yetib keldim. Meni yonimda qari chol-kampirlar ham bor edi. Kampiri charchab, chegarachilar oldida oʻtirib qoldi. Madori qolmadi ortiq yurishga.
Chegaradagi soldatlardan biri: "tur oʻrningdan, katta xolangni uyimi? Qani, tez tur, joʻna", deb baqira boshladi.
Qoʻpol muomala, uni ustiga otasi tengi odamga sansirab murojaat qilishi jahlimni chiqardi.
"Xoy, uka, sizni ham ota-onangiz bordir, uyalmaysizmi bunday deyishga?", deb gapimni tugatishga ham ulgurmadim, yonidagi sherigi "bizni ota-onamiz senlarnikiga oʻxshab bunday xor boʻlib yurmaydi, tez joʻna, ey, ... tojiklar", dedi.
Boyagi chol kampirini amallab turgazib, yurib ketdi. Ayol boshim bilan inday olmay men ham oʻtib ketdim...
Yillar davomida mana shunday muomala va qiyin sharoitlarda borib-kelaverib ezilib ketdik. Chegarachilar odam hisobida koʻrmas edi.
Alhamdulillah, oʻtgan hafta yana borib keldim. Huddi Oʻzbekiston emas, boshqa davlatga oʻtib qaytayotganday his qildim oʻzimni. Xushuomala, juda samimiy soʻzlashishlar.
Chegarachilar qariyalarga suv beryapti. Narsalarini olib oʻtib beryapti. Hattoki "xush kelibsizlar" deb aytishni ham unutishmayapti.
Birgina shaxs shunday katta oʻzgarishlarga sabab boʻlyapti. Tojikistonda ota-onalarimiz tinimsiz Oʻzbek rahbarini duo qilishyapti. Ehtimol, mening yigirma yillar davomida chegaradagi qiyinchiliklarimni bilmagan odam, bu gaplarni his etmas. Ammo ichimdan oʻtayotganini oʻzim bilaman. Kimlar uchundir bu arzimas narsa, men uchun juda katta oʻzgarishdir".
Mana shunaqa gaplar. Alloh qoʻshnilarimiz bilan aloqalarimizni mustahkam qilsin. Davlat rahbariga insof bersin. Hayrli ishlarda bardavom qilsin. Ikki qardosh millatni qiyinchiliklari ortda qolgani rost boʻlsin", deb yozadi Sayyid Islom.
Oldinroq Panjakent chegara oʻtish nuqtasi ochitlishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi.
Shermamat Jalilov chegara boʻylab yashovchi qarindoshlar 500 chaqirim bosim bir-birini koʻrishga majbur boʻlayotganini yozadi.
"Samarqandni Urguti bilan Panjakent tumani chegara. Chegarani uyogʻi ham oʻzbeklar bu yogʻiyam. Qiz olib, oʻgʻil uylantirib, quda-anda edi koʻpchilik. Shaxsan qaynisinglim Panjakentga kelin boʻlib tushgan. Bolalari ulgʻayib katta boʻlib uylantirdi. Qiz chikardi. Qaynonamiz bir azobda Bekobod orqali viza qilib 50km yoʻlni 550km qilib borib kelar edi. Insholloh endi yaxshi boʻlar", deydi Shermamat Jalilov.
#bbcuzbek #Prezident #Mirziyoyev #Rahmon #Oʻzbekiston #Tojikiston #chegara #visa #Panjakent #Bekobod
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10
Дуо олтин эмасму
дейишади дуода гап куп