Prezident Mirziyoyev Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari ishiga toʻsqinlik qiladigan va ularni poylab yuradigan "murda"larni qaytarib olishga vaʼda berdi. Hozir AQShda yashayotgan sobiq diplomat Toshpoʻlat Yoʻldoshev murdalarning MXX xodimlari ekanligini aytadi.
"Bir ikkita idoralar vakillari bor, sizlarning elchixonalaringda. Boʻldi u zamon tugadi. Men ertaga hammasini qaytarib olaman. Elchi Prezident vakili, anavu murda emas, sizlarning orqalaringdan poylaydigan va ish qiladigan", degan Shavkat Mirziyoyev.
Videolavhani BBCUZBEK.COM ning YouTube dagi kanalida tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=s2bSJqWn1yc&feature=youtu.be Koʻp yillar Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan sobiq diplomat Toshpoʻlat Yoʻldoshev elchixonalarda maxsus xizmatlarning, yaʼni MXXning rezidenti boʻlishini aytadi.
"MXXning rezidenti elchixonada boʻladi. U taʼsir doirasi yuzasidan elchidan yuqoriroq turadi, desa hech mubolagʻa boʻlmaydi. Elchi uning qosh-qavogʻiga qarab, laganbardorlik qilmasa, oʻz vazifasida qololmaydi", deydi Toshpoʻlat Yoʻldoshev.
Sobiq diplomatning aytishicha, Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari toʻliq SNB nazorati ostida qolgan. Ular mustaqil biror ish qilolmaydi.
"Oʻzi MXX xodimlari razvedka, kontur-razvedka degan narsalar bilan shugʻullanishi kerak. Lekin hayotda elchixona xodimlari ustidan barcha nazoratni oʻrnatgan odamlar boʻladi. Bitta elchixona birgina rezident bilan cheklanmaydi. Elchixonada 3-4 diplomat boʻladigan boʻlsa, 10tacha SNB xodimi boʻladi".
Toshpoʻlat Yoʻldoshevning aytishicha, elchixonalardagi MXX xodimlari xorijdagi oʻzbekistonlik ish odamlari va kelib ketadigan sanʼatkorlarni "sogʻish" bilan ham shugʻullanadi.
Germaniyada istiqomat qiluvchi va sayyohlik shirkatlaridan birining rahbari boʻlgan oʻzbekistonlik fuqaroning Twitter ga yozishicha, Islom Karimov vafotidan oldin Germaniyadagi Oʻzbekiston elchixonasida oʻzgacha fikrlovchilar bilan shugʻullanuvchi kadr paydo boʻlgan.
"Oʻlimidan 3-4 oy oldin elchixonalarimizda oʻzgacha fikrlovchilar bilan ishlaydigan kadrlar paydo boʻlarkan degan gap tarqadi. Berlindagi elchixonamizda bir ësh tirrancha paydo boʻlib har kim bilan qiziqa boshladiyam, janazadan keyin gʻoyib boʻldi (iniga kirib ketdi)", deb yozadi u.
Oʻzbekistonda MXX raisi Rustam Inoyatov va Prezident Shaavkat Mirziyoyev oʻrtasida munosabatlar tarangligi aytiladi.
22 dekabr kuni Parlamentga qilgan murojaatida Shavkat Mirziyoyev ilk bor ushbu tashkilotni tanqid qilgan.
U mamlakatning qudratli xavfsizlik xizmatlari isloh qilinishini eʼlon qildi.
Bu Mirziyoyevning hokimiyatga kelganidan Milliy xavfsizlik xizmatini birinchi marta tanqid qilishi.
10 yanvar kuni Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari bilan uchrashuvda Mirziyoyev elchixonalardagi MXX xodimlarini chaqirib olishini aytgan va ularni "poyloqchi murda"larga oʻxshatgan.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003055 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
Сунгги 7 йилларда
мхх дагилар Бошкарган узбекистонни
Улар хамма жойда Хозир
хам
Уларнику хукимронлиги
Хозир хам кучда
Фравин хам Кудратда булган пайтда Узини Худога чикарган экан
Улар хам шундай
Худога айланди
жон Олиш жон бериш уларни Кулида.
Оллох мехрибон Хаммасини бирма бир Олади.
Оллохдан курк У сени Кутмаган томонингда.
Оллох сакла
хафда > Одамий
Илтимос кирилчада ёзингХОЗИРГИ ёзганларингизни Имкони булса
Рости укимок истардим
Замондошингиз.