http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42664093?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi masʼullariga koʻra, hozir Toshkent shahrida propiskani bekor qilib boʻlmaydi.
Bu haqda Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi xabar tarqatdi.
Oxirgi kunlarda OʻzA aksar oʻzbekistonliklar uchun ogʻriqli muammo sanalgan propiska mavzusiga eʼtibor qaratib, bir necha maqolalar eʼlon qildi.
Davlat axborot agentligi Internet sotsial tarmoqlaridagi muhokamalarga ham axborot, jurnalistik tadqiqot manbai sifatida qaray boshladi, Internet foydalanuvchilarining fikr-mulohazalari OʻzA xabarlaridan joy olmoqda.
Koʻplab qobiliyatli mutaxassislar Oʻzbekiston poytaxtida propiskaga turolmay qiynalayotganlari, propiska korruptsiyaga yoʻl ochishi anchadan buyon erkin matbuotda aytib kelinadi.
Ayni paytda Toshkent shahrida propiska tizimining bekor qilinishi respublika hududlarida yaxshi mutaxassislar taqchilligiga ham olib kelishi mumkin.
OʻzA Toshkent shahrida propiska bekor qilinadimi, degan savol bilan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fyqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqapmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Toshxoʻjayevga murojaat qilgan
"Propiska" haqiqatan dolzarb masala boʻlib turibdi. Davlat dasturi loyihasida belgilanganidek bu borada fuqarolarga zarur qulayliklar yaratiladi. Lekin "propiska"ni butunlay bekor qilolmaymiz. Bunga alohida tayyorgarlik zarur. Barcha hududlarning birdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bir kun kelib bunga oʻz-oʻzidan zamin yaratadi", deya OʻzAga javob bergan Ichki ishlar vazirligi mulozimi.
Би-би-си Ўзбек хизмати билан Telegram орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 7858860002 http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42664093?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #тошкент #ташкент #прописка #toshkent #propiska #mvd #мвд #tashkent
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
.