" http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42625149?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Amerika prezidenti yana ogʻziga erk berdi.
Tramp yana muhojirlarga yozgʻirar ekan, BMT voizi AQSh rahbarining bu gʻazabnok chiqishini "uyatsizlik", "irqchilik" va "dahshatga soluvchi" deb taʼrifladi.
"Nimaga bu hojatxona mamlakatlar kelgan odamlarni kiritayapmiz", deb yozgʻirgan Tramp AQSh senatorlari bilan uchrashuvda.
Muhokama mavzusi esa muhojirlar boʻyicha kelishuvga aloqador boʻlgan.
U "hojatxona" deb atagan davlatlar ishonilishicha, Haiti, Salvador va Afrika mamlakatlari boʻlgan.
Oq Uy prezidentning bu chiqishini rad etishga harakat ham qilmagan.
Oʻtgan haftalar davomida Tramp maʼmuriyati AQShda yashayotgan muhojirlarning oʻz oila aʼzolarini taklif qilishini cheklash hamda hozirga qadar ularning kafolatlangan maqomlarini bekor qilishga harakat qilayotgan edi.
Trampning muhojirlarga nisbatan soʻnggi yozgʻirishi payshanba kuni senatorlar bilan uchrashuv chogʻida yangragan.
"Vashingtondagi ayrim siyosatchilar xorij davlatlarining manfaatlari uchun kurashmoqchi boʻlishdi, ammo Tramp doim Amerika fuqarolarining manfaati uchun kurashadi", deyiladi Oq Uy bayonotida.
BMT Inson huquqlari boʻyicha voizi Rupert Kolvilga koʻra, agar Trampning aytganlari tasdiqlansa, unda "...bu dahshatli, uyatsizlarcha aytilgan...uzr, ammo irqchi bir chiqishdir".
Tahririyatdan: AQSh prezidentining aytganlari ingliz tilida - "Why are we having all these people from shithole countries come here?"
BBC Oʻzbek xizmati bilan Telegram orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858860002
#bbcuzbek #Tramp #hojatxona #AQSh #Amerika #BMT #Inson #huquqlari #Rupert #Kolvil
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9