http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42583001?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Mirziyoyevning matbuot xizmati Facebookdagi sahifasida Toshkentdagi "Abu Saxiy" bozorida davlatga bir oyda 14 barobar kam tushum tushganini maʼlum qildi.
Ayni damda egasi va nomi oʻzgargan "Abu Saxiy"ga Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimovaning turmush oʻrtogʻi Temur Tillayev egalik qilgan.
Oʻzbekiston Prezidentining matbuot xizmati barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali "Abu Saxiy" "Toshkent ipak yoʻli" majmuasiga aylantirganidan soʻng davlatga tushumlar keskin ortib ketgani haqida kichik xabar joylashtirdi.
"Sobiq "Abu Saxiy" MChJda davlat byudjetiga bir oyda 5 milliard soʻm tushgan. Ushbu bozor "Toshkent ipak yoʻli" majmusiga aylantirilgandan soʻng atigi 15 kunda tushum 35 milliard soʻmga yetgan", deyiladi xabarda.
Marhum prezident Islom Karimov davrida Oʻzbekistonga import qilinadigan mahsulotlar asosan Toshkentning eng yirik "Abu Sahiy" kompaniyasi orqali oʻtardi. Unga Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimovaning turmush oʻrtogʻi Temur Tillayev egalik qilgan.
Fergananews xabariga koʻra, endilikda bu bozor egasi oʻzgargan va kompaniya "Toshkent ipak yoʻli" nomini olgan.
Mirziyoyevning matbuot xizmati tarqatgan xabarda "Abu Saxiy" bozori egasi oʻzgargani va hozir u kimga tegishli ekanligiga oydinlik kiritilmagan.
Mustaqil nashrlarga koʻra, nomi oʻzgargan bozorning hozirgi egasi Oʻzbekistonning yangi hukumatiga aloqador shaxs. Biroq buni tasdiqlovchi dalil-isbot yoʻq.
Rasmiy xabardan shu narsa oydinlashadiki, ushbu bozordan bir oyda oʻrtacha 70 milliard soʻm yoki taxminan 8 million 750 ming dollar tushum tushishi mumkin.
Temur Tillayev egalik qilganda bir oyda 5 milliard yoki 625 ming dollar tushum tushgan.
Prezident matbuot xizmati tarqatgan xabar rost boʻlsa, Temur Tillayev egalik qilgan davrda davlat gʻaznasiga har oyda tushirilmagan 8 million 125 ming dollar qayoqqa ketgan, degan savol paydo boʻladi.
Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimova bbcuzbek.com ga 2013 yilning sentyabr oyida bergan intervyusida turmush oʻrtogʻining biznesi haqida maʼlumot bergan edi.
Na oʻzi va na turmush oʻrtogʻi Temur Tillayevni davlat idoralarida ishlaganini aytgan Lola Karimova-Tillayeva erining tadbirkor ekanligi va Oʻzbekistonda hech qanday imtiyozlardan foydalanmasligini taʼkidlagan.
"Uning biznesi soliqlar yoki qandaydir bojxona toʻlovlaridan soqit qilinuvchi davlat imtiyozlariga ega emas, va Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa shirkatlardan farqli oʻlaroq, monopoliya emasdir. Mening turmush oʻrtogʻimning biznesi toʻlaligicha xususiy mablagʻ va sarmoyalarga qurilgan, va boshidanoq uning oʻzi shu shirkatga asos solgan", degan u.
Lola Karimova-Tillayeva Shveytsariyadagi 46 million dollarlik sotib olgan uyi haqidagi savolga uni koʻp qatori kreditga olgani va Oʻzbekistondagi deyarli koʻchmas mulki yoʻqligini maʼlum qilgandi.
"Oʻzbekistondagi barcha koʻchmas mulklarimizni sotganmiz. Faqat farzandlarimiz bilan Oʻzbekistonga safar qilganda yashash uchun Toshkentda bitta kvartiramiz bor. Jenevadagi uyimiz narxining 18 foizini oʻz xususiy mablagʻlarimiz bilan qoplaganmiz, qolgani esa bank krediti bilan qoplangan. Aniqroq aytadigan boʻlsam, uyimiz "mortgage", yaʼni ipoteka ostida".
#bbcuzbek #Temur #Tillayev #Oʻzbekiston ##Prezident #Mirziyoyev #matbuot #xizmati #Toshkent #bozor #ToshkentIpakYoʻli #AbuSaxiy #Lola #KarimovaTillayeva #Shveytsariya #Islom #Karimov #soʻm #dollar
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10