http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42554377?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev tanqididan keyin Oʻzbekiston hududidagi 54 ta post faoliyati tugatildi, deya xabar tarqatdi Ichki ishlar vazirligi.
Ichki ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, IIVning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar yoʻl-patrul xizmati maskanlari va blok postlarining faoliyati oʻrganib chiqilgan va ayrimlari faoliyatini toʻxtatishga qaror qilingan.
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining rasmiy web-sayti postlar olib tashlanganidan keyingi manzara aks etgan fotosuratlarni eʼlon qilgan.
Vazirlik xabar qilishicha, 2018 yilning 3 yanvarigacha 21 ta muntazam yoʻl-patrul xizmati maskani, 14 ta blok post va 19 ta toʻsiq posti olib tashlangan.
"Qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta koʻrib chiqilmoqda", deyiladi IIVning Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi tarqatgan xabarda.
2017 yil 22 dekabr kungi Oʻzbekiston parlamentiga Murojaatnomasida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning viloyatlari orasida va yirik shaharlarga kirish joylarida talab qilinganidan ham koʻp toʻsiq postlari oʻrnatilganini tanqid qilgan, toʻsiq postlarining taʼmagirlik manbaiga aylanganini aytgandi.
Prezident Mirziyoyev viloyatlar oʻrtasida oʻrnatilgan postlar nafaqat fuqarolarning erkin harakatlanishiga toʻsiq boʻlayotgani, balki Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy taʼsir koʻrsatayotganini aytdi.
Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston hududida 133 ta postlar borligini, shulardan 66 tasining faoliyatini tugatish masalalari koʻrib chiqilayotganini aytgan.
"Endi navbat kuzatuv kameralariga!"
Oʻzbekiston yoʻllaridagi toʻsiq postlari olib tashlanayotgani Internet sotsial tarmoqlaridagi oʻzbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan keng olqishlanayotgani va muhokamalarga ham sabab boʻlayotganini koʻrish mumkin.
Ayrim kuzatuvchilar Oʻzbekiston magistral yoʻllarida postlarning borligi yoʻllarida harakatlanish xavfsizligiga ham ijobiy taʼsiri boʻlganini qayd etadilar.
Viloyatlar oʻrtasidagi katta yoʻllarda transport vositalarining harakatlanishini kuzatgan koʻpchilik aksar haydovchilarning ham oʻzining va ham atrofdagi insonlarning hayotini xavf ostiga qoʻyishini qayd etadilar.
Yoʻlning maʼlum qismlarida tezlikni pasaytirish talab qilingan yoki aholi yashaydigan maskan mavjudligi haqidagi ogohlantirish belgilariga qaramasdan, ayniqsa, koʻplab yosh haydovchilar avtomobillarini juda tez haydaydilar.
Hatto kirakashlik bilan shugʻullanadigan yigitlarning Toshkent-Samarqand yoʻlini "poyga" trassasiga aylantirish harakatlari ham kuzatiladi.
Hatto qor-yomgʻirli ob-havo sharoitida avtomobilining tezligini soatiga 140 kmdan ham oshirib haydaydilar.
Bu shovvozlar yoʻlning qaysi qismida DAN xodimlari radar bilan turishganini mobil telefoni orqali sherigiga xabar qiladilar va oʻsha joyda sekin harakatlanadilar.
Bunday haydovchilarning kalta oʻylovligi oqibatida magistral yoʻllarda insonlar hayotdan koʻz yumadilar.
Aksar tahlilchilarning fikricha, qonunni atayin buzadigan haydovchilarni jilovlashning eng oson yoʻli xuddi Toshkent shahridagidek kuzatuv kameralarini oʻrnatishdir.
Poytaxtda kuzatuv kameralari oʻrnatilgani tezlikni oshiruvchilarni qisqa fursatda fosh qilishga yordam bermoqda, tezlikni oshirgan haydovchilarning toʻlagan jarimalari miqdori ham koʻpaydi.
Oʻzbekiston viloyatlari orasidagi yoʻllarga ham kuzatuv kameralarini oʻrnatish ham yoʻl-transport hodisalarini sonini kamaytirishga va ham davlat gʻaznasini toʻldirishga koʻmaklashishi mumkin.
Siz bu haqda nima deysiz?
#mirziyoyev #мирзиёев #пост #патруль #ўзбекистон #OZbekiston #post
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3