Tojikiston shimolidagi Xo'jand shahrida palov isteʼmolidan so'ng to'rt odam hayotdan ko'z yumgan. Ularning yoshi 52dan 67 yoshgacha bӯlgan.
Marhumlar oila aʼzolarining aytishlaricha, bu fojia yangi yil arafasida - 30-dekabr kuni yuz bergan.
Yana 8 kishi bemorxonaga yotqizilgan. Hozir ulardan ikki nafariga, jumladan, bir yosh bolaning sogʻligi aniqlangach, uyiga javob berilgan.
Palovdan zaharlangan kishilarning hammasi Xoʻjandning 19-mikroshaharchasida, bitta kӯp qavatli uyda yashashgan.
Ular o'zaro yigʻilib, oshxo'rlik qilishgan. Hozir bemorxonada davolanayotgan zaharlangan kishilardan birining aytishicha, palovning mazasi qandaydir odatdagidan boshqacha bӯlgan va u ikki-uch totingach, osh yemay qo'ygan.
Omon qolganlarning boshqalari ham kamroq osh yeyishgani aniqlangan. Dasturxonga spirtli ichimlik ham qo'yilgan. Lekin tirik qolgan oshxo'rlar ichkilikka qo'l tegizilmagani, hech kim ichmaganini aytishmoqda.
Oshxo'rlardan bittasi uyiga ham bir kosa osh yuborgan. Uy bekasi oshning taʼmi boshqacha ekanligini sezib, oila aʼzolariga uni yemasligini tayinlagan. Faqat nevaralardan biri - yosh bolakay bir ogʻiz yeb ko'rgan va shu zahoti tupurib tashlagan. Shunda ham uning sogʻligi biroz yomonlashgan.
Hozircha oshdan zaharlanish sabablari toʻliq aniqlanmangan. Lekin, halok bo'lgan kishilardan birining tanasi tekshirish uchun yorib ko'rilganda, oshqozonidan natriy nitrat topilgani bildirilmoqda.
Ekspertiza xodimlari osh tuziga natriy nitrat aralashib qolgan bo'lishi mumkin, degan taxminni ilgari surishmoqda. Ammo, bu faraz to'liq tasdigʻini topganicha yo'q. Ovqat pishirgan oshpazning ӯzi ham hayotdan ko'z yumgan.
Xo'jand shahar prokuraturasi tomonidan Tojikiston Jinoyat kodeksining "Ehtiyotsizlik tufayli o'limga olib borish" moddasi bo'yicha jinoiy ish ochilib, ommaviy zaharlanish sabablari o'rganilmoqda. Dasturxonga tortilgan barcha yegulik va ichimliklar ekspertizaga yuborilgan va tekshirib ko'rilmoqda.
Bu birinchi zaharlanish emas
Xuddi shu kabi oshdan ommaviy zaharlanish bundan 15 yil oldin Bobojon Gʻafurov tumanida yuz bergandi.
Bir necha kishining halok bo'lishi, 10dan ortiq odamning zaharlanishdan sӯng bemorxonada davolanishiga sabab bo'lgan hodisa sabablari aniqlanganda, osh tuzi o'rniga natriy nitrat ishlatilgani yoki tuzga bu mineral modda aralashib qolgani maʼlum bo'lgandi.
O'tgan yilda esa, mamlakat janubida kolbasa isteʼmolidan so'ng zaharlanish oqibatida hayotdan ko'z yumish hodisasi yuz bergan. Bu ko'ngilsiz hodisa haqida mamlakat rahbarlari ham tashvish bildirib, chetdan sifatsiz go'sht, ayniqsa, parranda go'shti olib kelish taʼqiqlab qo'yilgandi.
Mahalliy kuzatuvchilarga ko'ra, jamoat ovqatlanish joylarida ham sifatsiz xom ashyodan taom tayyorlash hollari mavjud. Lekin, aksari isteʼmolchilar shikoyat qilishmaydi.
Odamlar orasida arz qilganing bilan foydasi yo'q, sanitariya-epidemilogiya sohasida ishlovchi masʼullarning ogʻzi moylab qo'yilgan, behuda vaqt sarflaganing qoladi, degan aqida shakllangan.
#Xojand #hujand #xujand #xoʻjand #хужанд #хўжанд
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 181