http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42254463?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Bundan roppa-rosa 1 yil oldin - 2016 yil 4 dekabrida Oʻzbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev gʻalaba qozondi.
Bugun Oʻzbekistondagi Shavkat Mirziyoyev prezidentligining 1 yilligi sarhisob qilinganda, aksar tahlilchilar Oʻzbekistonda barcha sohalarda koʻplab ijobiy oʻzgarishlar yuz bergani holda mamlakat rahbariyati eʼlon qilgan hamma islohotlar ham koʻngildagidek bormayotganiga eʼtibor qaratishadi.
Xoʻsh, Prezident Mirziyoyev qudrati ostidagi Oʻzbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga qanday baho berish mumkin?
BBC ushbu savol bilan Human Rights Watchning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻlimi tadqiqotchisi Stiv Sverdlouga murojaat qildi.
Stiv Sverdlou: Men hozir Oʻzbekiston ichkarisida turib mamlakat huquq-tartibot organlari faoliyatidagi ham ijobiy oʻzgarishlar va ham bundan oldingi yillarda Oʻzbekistonni tanqid qilib kelishgan huquq-tartibot idoralari xodimlarining inson huquqlarini poymol etayotganiga oid maʼlumotlarni olmoqdaman. Biz yaxshi bilamizki, huquqni muhofaza qilish idoralarining faoliyati diniy erkinliklar bilan, diniy ayblovlarga aloqador taʼqiblar va ekstremizmga qarshi kurash bilan bogʻliq. Va bu yoʻnalish davlat uchun juda mushkul, murakkab yoʻnalishlardan hisoblanadi. Shu sababdan, Oʻzbekiston hukumati bir tarafdan, mamlakatga shu yil oktyabr oyida BMT maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahidni taklif etganlarini ham eʼtirof etadilar. Hukumatning BMT maxsus maʼruzachisini taklif qilgani, u oʻzining hisoboti uchun zarur maʼlumotni toʻplashi uchun maxsus maʼruzachi bilan hamkorlik qilgani, albattaki, muhim qadam qadam hisoblanadi. Va ushbu taklif hukumatning soʻnggi 15 yil mobaynidagi amaliyotlar Oʻzbekistonning xalqaro obroʻsiga putur yetkazganining eʼtirofi deb ham atash mumkin. Biz Oʻzbekiston hukumatining ushbu qadamlarini olqishlaymiz. Biroq boshqa tarafdan, biz 27 sentyabrda xorijdan Oʻzbekistonga qaytgan taniqli yozuvchi Nurulloh Otaxonovning shu zahoti hibsga olinganini koʻrdik. Yozuvchini aeroportda hibsga oldilar, soʻng uning boʻyniga ekstremizm ayblovlari qoʻyildi. Keyin u uy qamogʻiga qoʻyib yuborildi. Bu yaxshi va bunday jinoiy modda boʻyniga qoʻyilgan insonning Oʻzbekistonda qamoqxonadan uyiga qoʻyib yuborilgani - mamlakatda shu paytgacha uchramagan hodisa edi. Boshqa tomondan, uning ustidan boshlangan tergov davom etayapti va oradan ikki oy oʻtganidan keyin ham yozuvchi boʻyniga qoʻyilgan ayblar hali ham turipti. Chindan ham kitob yozgan va kitobida Karimov zamoni haqida tanqidiy fikrlar mavjud boʻlgan bir tinch yozuvchiga ilgari surilgan ayblov hali ham kuchda. Noyabr oyi oxirida hibsga olingan 7 inson ishlarida ham biz oldingi zamon amaliyoti yana qaytganini koʻrmoqdamiz. Shunisi, kinoyali va qaygʻuliki, ayni shu oilalar aʼzolari avgust oyining oxirida Sergeli tuman hokimligiga chaqirilganlar va bizga aytib berishlaricha, butun boshli komissiya ularni qora roʻyxatdan chiqarilganlari bilan tabriklaganlar. Qora roʻyxatdan chiqarilganlari bu insonlar uchun oʻta muhim. Endi ular jamiyatdagi raddi maʼraka emaslar, har oyda tushuntirish xati yozib berish yoki tahqirli savol-javoblardan oʻtib turish talab qilinmaydi. Bu narsalar hukumatning reabilitatsiya qilish yoki hech boʻlmaganda muloqotga kirishish maqsadida oʻzgacha yoʻl tanlaganini namoyish etadi. Lekin soʻnggi hibslar, hibsdan keyin gumonlanlanganlarning yoniga yaqinlari yoki advokatlari kirishiga ruxsat berilmagani - yana Oʻzbekistonda eski qattiq, shafqatsiz amaliyotlar ortga qaytganini anglatadi. Biz oʻylaymizki, bunday amaliyotlarga chek qoʻyish lozim. Albatta, biz isbot-dalillarni puxta koʻrib chiqish tarafdorimiz. Agar jinoyat sodir etilganining inkor etib boʻlmas isbot-dalillari boʻlsa, tergov qilish lozim. Bu juda muhim. Biroq Human Rights Watch oʻz oʻrganishlarida jiddiy jinoyat sodir etilganining isbot-dalillarini koʻrmadi. Biz bir narsani bilamizki, hibsga olingan insonlarning koʻplab yaqinlari 2000 yillar boshlaridan qamoq jazolarini oʻtayaptilar. Yaʼni, kamida 15-17 yildan buyon qamoqlarda qolayotgan insonlar. Shunday taassurot ham tugʻiladiki, ayrim huquqni muhofaza qilish organlari oʻzlari uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatish uchun obʼekt qidirayotganga oʻxshaydi. Biz jinoyatning jiddiy isbot-dalili boʻlmasa keskin xulosaga kelmaslikka, hukumatni ekstremizmdek jiddiy holat va muammolarga oldingiga qaraganda boshqacha yondashishga chaqiramiz.
BBC: Prezident Mirziyoyevning siyosatiga ikki xil munosabat bildirilayotganini koʻrish mumkin. Kimdir rahbariyatning islohot bayonotlari samimiy ekaniga shubha qilmoqda. Yana kimdir Prezident Mirziyoyevning islohotlarni istamayotgan amaldorlarga kuch yetmayapti, demoqda. Siz Toshkentda boʻlib bu haqda qanday fikrga keldingiz?
Stiv Sverdlou: Human Rights Watch oʻtgan 1 yil umidlar, ehtiyotkorona nekbinlik yili boʻlganini inkor etmaydi. Va biz shu bir yil mobaynida Oʻzbekistonda ahamiyatli va ijobiy qadamlar tashlanganini ham rad qilmaymiz. Men hozir Toshkentda boʻlgan oxirgi haftalarda mamlakatdagi soʻz erkinligi, oʻz fikrini erkin ifodalash erkinligi, assotsiatsiyalar erkinligi bilan bogʻliq vaziyatni yaqindan kuzatdim. Jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan sizning hamkasblaringiz bilan muloqot qilarkanman, ular bir yil davomida oʻzgarishlar boʻlganini, qandaydir yumshash koʻzga tashlanishini, tsenzura ozgina ortga chekinganini aytishadi. Human Rights Watch, bizning hisob-kitobimiz boʻyicha, kamida 16 siyosiy tutqun Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan buyon ozod etilganini olqishladi. Biz talabalar, shifokorlar va oʻqituvchilar paxta dalalaridan qaytarilganlarini, yaʼni Oʻzbekistondagi majburiy mehnatga chek qoʻyish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadamlarni qutladik. Ammo haligacha mamlakatda inson huquqlari jiddiy poymol etilayapti. Oʻzbekistondagi vaziyatni ayanchli deb taʼriflashdan oʻzga iloj yoʻq. Nega? Chunki, afsuski, qiynoqlar Oʻzbekistonda haligacha ham muntazamiy boʻlib qolmoqda. Qamoqxonalarda hali minglab siyosiy mahkumlar ushlab turilibdilar. Hamon majburiy mehnat va diniy erkinliklar cheklanayotgani bilan bogʻliq qator jiddiy inson huquqlari buzilishi saqlanib qolmoqda. Men sentyabr oyida va undan keyin uchrashgan hukumat mulozimlarida qandaydir yangi energiyani va islohotlarni amalga oshirish istaklarini koʻrdim. Biz haqiqiy islohotlarni olqishlaymiz va bu islohotlarni chuqurlashtirishga chaqiramiz. Yaʼni, ijobiy qadamlar strukturaviy mazmun kasb etmogʻi lozim. Biz - inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, fuqarolik jamiyati faollari, musatqil ommaviy axborot vositalari - hammamiz oʻz faoliyatimizni davom ettirish bilan ana shu ijobiy qadamlar mustahkamlanishiga hissa qoʻshishimiz kerak, deb oʻylayman. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42254463?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #Oʻzbekiston #Shavkat #Mirziyoyev #prezident #мирзиёев #ўзбекистон #Uzbekistan #InsonHuquqlari #ИнсонҲуқуқлари #HumanRightsWatch
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
Kollejni 2 kurs talabalari bitirishi haqidagi qaror tasdiqlandimi.? Ular rostan ham 2018 yil kollejni bitirib institutga topshirar ekanmi.?
Iltimos kim biladi bu haqda? Men 2 kurs kollej talabasi edimda...
Keyin Бу йилги саволлар канака böladi osonmi yo qiyin?bilganlar aytinglar iltimos endi...
Shu hapda ma'lumot bering iltimos Admin.