http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42130129?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston mehmonxonalarida 2018 yil boshidan boshlab joynamoz, Qurʼoni Karim va Injil kabi diniy kitoblar bilan jihozlangan maxsus xonalar boʻladi.
Islom Karimov boshqaruv davrida mehmonxonalarda joynamoz saqlanishini tasavvur qilib boʻlmasligi aytiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi "Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan yangi davlat standarti ishlab chiqildi, deya xabar beradi azon.uz sayti.
2018 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan qoidalarda har bir mehmonxonada Qurʼoni karim, Injil kabi rasmiy dinlarning kitoblari hamda ibodat qilish uchun joynamoz (mehmonxona nomerlarining eng kamida 10 foizida) va qibla koʻrsatkichi (mehmonxona nomerlarining eng kamida 30 foizida) boʻlishi shart etib belgilangan.
Oldinroq Toshkent xalqaro aeroportida bir vaqtlar yopilib ketgan namozxona qayta ochilgani haqida BBC Oʻzbek xizmati xabar bergan edi.
Islom Karimov boshqaruvining choʻqqisiga chiqqan yillarida mehmonxonalarda jaynamoz yoki diniy kitoblarning boʻlishi tasavvur qilib boʻlmas holat ekanligi aytiladi.
2014 yilning yanvar oyida Toshkentning Mirobod tumanidagi "Miran International" xususiy mehmonxonasi masʼul xodimlaridan biri mehmonxonada mijozlardan biri qoldirib ketgan joynamoz uchun katta miqdordagi jarimaga tortilgandi. Fergana.ru manbalariga koʻra, yanvar oyida mehmonxonaga huquq tartibot idoralari xodimlari paydo boʻlib, tintuv oʻtkazishgan.
Tekshiruvga esa, mehmonxonada yengil tabiatli qizlar oʻz mijozlari bilan borligi haqidagi xabar sabab boʻlgani aytiladi.
Biroq mehmonxonadan unday qizlar topilmagan boʻlsada, militsiyaning eʼtiborini goʻyoki egasiz joynamoz tortgan.
Mehmonxona xodimlari joynamozni qoldirilgan narsalar qatorida roʻyxatga olganiga qaramasdan, militsiya mehmonxonadagi rahbarlardan birini jazolashga qaror qilib kerakli qogʻozlarni toʻldirgan.
Tekshiruvchilar topilgan joynamoz mehmonxonadagi xavfsizlikka qanchalik taʼsir qilishini esa tushuntirmagan.
Ertasi kuniyoq Mirobod tuman mahkamasi "Miran International" xususiy mehmonxonasi xodimiga nisbatan maʼmuriy jazo belgilab, eng kam ish haqining 150 baravar miqdorida jarimaga tortgani maʼlum boʻlgandi.
Bu Oʻzbek valyutasida 14,5 million soʻm yoki olti ming 543 dollar deganidir.
Fergana.runing yozishicha, mahkama hukmi Jinoyat kodeksining qaysi moddasi boʻyicha chiqarilgani ham ochiqlanmagan.
Oʻzbekiston mahkamasining bu qarori ayni paytda internet foydalanuvchilari orasida turli fikrlarga sabab boʻlmoqda.
"Bu namozxonlarga nisbatan hurmatsizlik", deb yozsa biri, boshqasi "Oʻzbeklar endi musulmon emasmi? Uyat, juda uyat" deb aytgan.
"Haaa, Oʻzbekistonda namozxon boʻlishdan koʻra, fohisha boʻlish yaxshiroqmi..." degan fikrni qoldirgandi yana bir oʻquvchi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42130129?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1