" http://www.bbc.com/uzbek/42102461?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit "Xalqni uygʻotishimiz kerak, yetar endi bundoq yashash". Sh. M. Mirziyoyev
Meni qoʻlimga qogʻoz olishga yurtimda adolat shabadasi esgani turtki boʻldi. Va yuragim tubida anchadan beri yotgan mujdani Prezident Sh. Mirziyoyevga BBC orqali yetkazishga jazm etdim.
Hech kimga sir emaski, Prezidentning shaxsiy tashabbusi ila xalq bir necha yil uzoq kutgan kunlar keldi, qoʻshni davlatlar bilan bordi-keldi, yoru birodarligimiz qayta tiklandi.
Xalqlar oʻrtasidagi sunʼiy sovuqchiliklarga barham berilib, munosabatlar iliy boshladi.
Bu saʼy-harakatlarning ijobiy ifodalarini biz, Rossiyadagi mehnat muhojirlari, qardosh millatlar yuzida koʻrmoqdamiz.
Lekin viloyat, shahar, qishloq, hatto mahallalarda ijtimoiy, iqtisodiy muammolar hanuz yechilmayapti. Aholininng Prezident portaliga shikoyatlari oqimi toʻxtamayapti...
Ayniqsa, mahalliy sud, prokuratura, MXX va militsiya ustidan...
Bu nimadan dalolat beradi?
Prezident devonida, portalida bor adolat joylarda yoʻq deganimi?
Joylarda adolatning oʻrnini nazorat egallagan.
Mahallalarda "xalq posboni" deb nomlab, maosh belgilab, saylab qoʻyilgan drujinachilar shu kungacha nima karomat koʻrsatib kelayotganidan kimning xabari bor?
"Xalq posbon"larining xalqqa nafi tegishi kerakmi oʻzi?
Yoki kim chiqindiga, gaz, suv, umuman, kommunal toʻlovlarga pul bermagan xonadon boʻlsa, eshikma-eshik yuradigan gʻaznachimi ular?
Aholining qarzini undiradiganlar koʻpaygandan-koʻpaydi, ammo odamlarning real daromadlari tushib ketgani bilan hech kimning ishi yoʻq.
Narxlar esa, birdek oshmoqda.
Hurmatli Prezident!
Siz olib borayotgan xalqchil siyosatni biz, Oʻzbekiston vatandoshlari oʻzimizning yutugʻimiz, deb bilamiz.
Biz siz boshlagan va xalk uchun koʻzlangan yuksalish yoʻlida hamfikr va hamnafasmiz.
Xalqning huquqiy savodi haqida koʻp gapiriladi.
Koʻpincha huquq buzilishlariga odamlarimizning oʻz haq-huquqlarini bilmasliklari vaj qilib koʻrsatiladi.
Ammo xalqqa huquqlari berilmagan ekan, u huquqiy savodni qayerdan olsin?
Shu oʻrinda oddiy bir oʻzbekistonlik sifatida quyidagi taklifimni bayon etsam.
Modomiki, hukumat xalq gʻamida, xalqqa xizmat etishga bel bogʻlagan ekan, ishsiz, yuridik oʻquvi boʻlgan fuqarolarni har bir M.F.Y (mahalla) ga maosh belgilagan holda, biriktirilsa.
Ular oʻz navbatida aholining shikoyatlarini eshitib, uni mahalliy hokimiyatlar darajasida tegishli davlat idora va tizimlari eʼtiboriga havola etsalar va ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilsa.
Shu yoʻl bilan ehtimol, portalga shikoyatlar oqimi kamaygan, odamlar adolat kutib, Prezident portaliga mahtal boʻlmagan, muammolar joyida hal etilgan boʻlarmidi?
Sizning uchastka nozirlari uchun mahallada uy qurib berish tashabbusingizdan yaxshi xabardorman.
Bu profilaktika maqsadlari, jinoyatchilikning oldini olish yoʻlida ish beradi, deb oʻylayman.
Ammo jinoyatchilik, bu - oqibat.
Uchastka nozirlariga qoʻshimcha, qoʻshimcha, huquqiy maslahatchilar ham mahallalarga biriktirilsa, jinoyatchilikning sabablariga ham barham berilgan boʻlardi.
Hurmat bilan,
Moskva shahridagi mehnat muhojiri
Abbos Tojimuhammad oʻgʻli. http://www.bbc.com/uzbek/42102461?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003057 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003055 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев