http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42056512?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit 3 noyabr kuni Moskva oblastining Klin shahrida 6 yoshli oʻzbekistonlik qizcha politsiya xodimlari tomonidan olib ketilgan.
Politsiya bolaning onadan olib qoʻyilish sababi sifatida uning hujjatsizligini asos qilmoqda.
Qizning onasi Feruza farzandining hujjatlarini rasmiylarga taqdim etgan, ammo vasiylik idoralari xodimlari bolani onasiga qaytarishni rad etishgan.
Videoni BBC O'zbek xizmatining YouTube dagi kanalida ham tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=wD1fvokgDSg&feature=youtu.be Ayni paytda oʻzbekistonlik bola Klin shahridagi "Soglasiye" ijtimoiy-reabilitatsiya markazida saqlanmoqda.
"Men bozorlik qilishga doʻkonga chiqqandim, Ruxshona uyda 19 yoshli akasi bilan qolgandi. Akasini shoshilinch ishga chaqirib qolishibdi. Menga qoʻngʻiroq qilishga hisobida pul boʻlmagan. Hozir onam keladi, degan fikrda ishga ketibdi. Ruxshona eshikni oʻzi ochib, koʻchaga chiqa olardi. Hovlida oʻynab yurganida, politsiya xodimlari olib ketib qolibdi", - deydi Feruza.
Shundan buyon oʻzbekistonlik onaga farzandi qaytarib berilmayapti. Feruza qizchasining bosim ostidaligidan va sogʻligidan qattiq xavotirda.
"2 hafta bolamni koʻrsatishmadi. Oʻtgan kuni 3 daqiqaga ruxsat berishdi, ammo psixolog ishtirokida. Qizcham qoʻrqib qolgan. Bir unga, bir menga qarab zoʻrgʻa gapiryapti. Ruxshona oldingi bolamas. U juda shoʻx, kirishimli, mahmadona qizcha edi. Hozir yuz foiz oʻzgargan. 2 haftada bolani nima qilishgan, bilmayman. Kasal boʻlibdi, odamovi, jim boʻlib qolibdi. Yana psixologga qarab qoʻyib, menga "uyga ketmayman" dedi. Bunaqa deyishi mumkinmas uni. 3 oʻgʻildan keyin koʻrgan qizim, erkatoyimiz edi", deb yigʻlaydi Feruza.
Vasiylik idorasi xodimlari Feruzani qizchani urganlikda ayblamoqda, ammo sud-tibbiy ekspertizasi oʻtkazilmagan. Ruxshonaga "qarovsiz bola" sifatida hujjat rasmiylashtirilgan.
Moskva viloyatida muhojirlikda boʻlgan 40 yoshli Feruza hech qayerda ishlamagan, u uyda farzand tarbiyasi va ish bilan band boʻlgan oilaning boshqa aʼzolari uchun ovqat tayyorlash, ijara uyning yumushlari bilan band boʻlgan.
Klin shahri "Soglasiye" markazi va voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlimi BBCga buxorolik ona-bola ishi yuzasidan telefon orqali izoh berishni rad etdi.
Rossiyada politsiya tomonidan muhojir onalardan bolasini olib qoʻyish voqealari uchrab turadi.
BBC oʻzbek xizmatiga maʼlum boʻlgan oʻzbekistonlik onaga oʻz farzandini berilmaslik voqeasi joriy yilning oʻzida toʻrtinchi hodisadir. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42056512?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 22