http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42038123?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekistonda bir necha 10 yil aniq fanlardan dars bergan oʻqituvchi 10 yilga yaqin Turkiyadagi bir oilada xizmatkorlik qilmoqda.
Ismi oʻzgartirilgan Zebo opaning BBCga aytishicha, vatanida oʻqituvchi kasbi xor qilingani sabab oʻzga yurtga ish izlab ketishga majbur boʻlganini aytadi.
Zebo opa oʻz kasbini qattiq sevishini aytadi. U kasbi sabab turmush oʻrtogʻi bilan ajrashishga majbur boʻlgan, bolalari bilan yolgʻiz qolgan.
Suhbatni BBC O'zbek xizmatining YouTube dagi kanalida tinglang: https://www.youtube.com/watch?v=nZlQL6y1kUk&feature=youtu.be "Farzandlarim kichik vaqti maktabdan topganim bir amallab yetardi. Ammo ular katta boʻlishi bilan maoshim yetmay qoldi. Ishxonadagi nohaqliklar hammasi bir boʻlib Oʻzbekistonni tark etishimga sabab boʻldi", deydi u.
Hozir Turkiyada istiqomat qilayotgan sobiq oʻqituvchi bir oilada uy ishlarini qiladi va topgan pullarini farzandlariga yuboradi.
"Xizmatkor boʻlsam ham hozir oʻzimni baxtli va qadrli deb hisoblayman. Oʻqituvchi boʻlgan vaqtimda oʻzim ishlab topgan pulni majburan direktor aytgan narsalarga oʻtkazardim. Qadrim yoʻq edi".
Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach xorijda yurgan oʻzbekistonliklarni oʻz chiqishlarida bot-bot eslaydigan boʻldi.
Prezident mutaxassislarga Oʻzbekistonda yetarli sharoit yaratilishi kerakligi va ular qaytishi lozimligini urgʻuladi.
Hattoki Nyu Yorkka safari davomida oʻzbekistonliklar bilan uchrashib ularni oʻzi bilan Oʻzbekistonga olib uchishga tayyorligini bildirdi.
Sobiq oʻqituvchi Zebo opa Oʻzbekistonda oʻqituvchilar hamon xorlanayotgani sabab ortga qaytmasligini aytadi.
U Oʻzbekistonda oʻqituvchilikdan koʻra, Turkiyada birovning uyida xizmatkor boʻlib ishlash afzalroq ekanligini taʼkidlaydi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42038123?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 31