http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41988013?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Bir yarim oydan buyon Toshkentdagi MXX tergov izolyatorida ushlab turilgan jurnalist Bobomurod Abdullayevning advokati seshanba kuni ilk bor oʻz himoyasidagi shaxs bilan uchrashgan.
Advokat Toʻlqin Orifjonovning hibsdagi jurnalist bilan uchrashgani haqidagi xabarni BBCga Bobomurod Abdullayevning ayoli Katya Balxibayeva tasdiqladi.
Uning soʻzlariga koʻra, uchrashuv MXX tomonidan tashkil etilgan va unda advokat hamda mahbusdan tashqari tergov mulozimlari ham ishtirok etgan.
"Xuddi men bilan uchrashgandagi singari, besh kishi qatnashibdi", - deb aytdi Katya Balxibayeva.
BBCga maʼlum boʻlishicha, advokat Bobomurod Abdullayevdan qiynoqqa solinib-solinmagani haqida soʻramagan.
Ammo mustaqil huquq faoli Surʼat Ikromovning advokatdan iqtibos keltirishicha, u Bobomurod Abdullayevda qiynoq belgilarini koʻrmagan, mahbusning oʻzi ham qiynoqlardan shikoyat qilmagan.
BBC advokat Orifjonov bilan bogʻlana olganicha yoʻq.
Toʻlqin Orifjonov jurnalistni himoya qilish uchun uning oilasi va jamoatchilik vakillari tomonidan yollangan mustaqil advokatdir.
Bobomurod Abdullayevni hibs qilish haqida Yunusobod tuman mahkamasi shu yilning 1 oktyabr kuni chiqargan ajrimda nomi keltirilgan advokat Sharipov Sh.M haqida hozirga qadar hech narsa maʼlum emas.
Bu Bobomurod Abdullayevning shu yil 27 sentyabrda hibsga olinganidan buyon advokat bilan ilk uchrashuvidir.
Avvalroq MXX jurnalistning oilasiga mustaqil advokatdan voz kechish borasida bosim oʻtkazgani xabar qilingandi.
Jurnalist oila-aʼzolari, jumladan, onasi Gavharjon ayaning u bilan uchrashishga ruxsat berishni soʻrab, tergov idoralariga qilgan murojaatlari natija bermagan.
44 yoshli Bobomurod Abdullayev rasman "Usmon Haqnazar"imzosi ostida "amaldagi tuzumni oʻzgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va Oʻzbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumonlanmoqda.
Xalqaro Amnistiya va Human Rights Watch inson haqlari tashkilotlari Oʻzbekiston hukumatining Bobomurod Abdullayevni zudlik bilan va shartsiz hibsdan ozod etishga chaqirganlar. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41988013?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев