http://www.bbc.com/uzbek/lotin-41972838?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Samarqandda oʻtgan hafta boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda nutq soʻzlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi, ammo anjumanni kuzatgan gʻarblik jurnalistga koʻra, mazkur anjuman turli tomonlar Afgʻoniston masalasida qanchalar boʻlingan ekanini namoyish qildi.
"Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" nomli xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Afgʻonistondan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Prezident Mirziyoyev oʻz nutqida aytishicha, bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda va bunga qarshi birgalikda kurashishlari kerak.
"Xavfsizlikka tahdidlarni "oʻziniki va oʻzgalarniki" deb ajratishdan voz kechish, "yaxlit xavfsizlik" tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qatʼiy fikrdamiz", - dedi Oʻzbekiston rahbari.
Ammo, jurnalist Katrin Putts diplomat saytida yozishicha, anjumanda qatnashgan davlatlar orasidagi bir-biriga boʻlgan ishonchsizlik va adovat mintaqaviy hamkorlik kabi orzuga yetishishni qiyinlashtiradi.
Katrin Putts oʻz maqolasida Pokiston va AQSh, hamda Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasida yuz bergan dahanaki jangni yoritdi.
Anjumanda soʻzga chiqqan AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Liza Kyortis, jurnalistga koʻra, AQSh Islomobod va Kobul oʻrtasida sheriklikni yoʻlga qoʻyish yoʻlida yordam berishga tayyor ekanini aytgan.
Ammo, Kyortis xonim oʻz nutqini "AQSh terrorchi boshpanalarga toqat qilmaydi", deya yakunladi.
U Pokistonni tilga olmagan boʻlsa-da, aslida uzoq yillar Tolibonga boshpana berishda ayblanadigan Pokistonga ishora qilgandi.
Uning ortidan minbarga chiqqan Pokiston bosh vazirining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Nosir Xon Janjua aftidan bu ayblovlar va barmoq oʻqtashlarga tayyorlanib kelgandi.
Jurnalistning yozishicha, Janjua janoblari Markaziy Osiyoga qanchalar yaqinligini namoyish qilish uchun oʻz nutqini Sovet Ittifoqining Afgʻoniston ishgʻoli bilan boshladi.
Uning aytishicha, agar Pokiston sovetlarga qarshi kurashda afgʻon mujohiddiniga yordam bermaganida, Sovet Ittifoqi qulamasdi va Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil boʻlmasdi.
Janob Janjuaning norozi boʻlishicha, Pokistonni Afgʻonistondagi beqarorlik uchun ayblash adolatdan emas.
U sovetlar Afgʻonistondan chiqib ketishi ortidan u yerga Amerikaliklar al-Qoida va boshqa jihodchi guruhlarni joylashtirganini daʼvo qildi.
"11 sentyabr hujumlari shu yerda rejalangan. Pokistonning bunga umuman aloqasi boʻlmagan", - deya urgʻuladi u.
Buning ortidan Afgʻonistonda haddan tashqari koʻp harbiy kuch qoʻllanganini gapirar ekan, Janjua ham amerikalik hamkasbiga oʻxshab, AQShni nomma-nom aytib oʻtirmadi, ammo uning xulosasi ayon edi: Afgʻonistondagi boshboshdoqlik - Amerikaning ishi.
Nihoyat, Afgʻonistonga soʻz berildi.
Katrin Putts yozishicha, Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligining Strategik tadqiqotlar markazi direktori Faramarz Tamanna ham Pokiston iddaolariga yaxshi tayyorlanib kelgan koʻrindi.
Tamannaning aytishicha, ikkita versiya mavjud: biri xalqaro hamjamiyat, AQSh, Rossiya, Xitoy, NATO va boshqalarning umumiy versiyasi, boshqasi esa Pokistonniki.
"Menga kim javob bera oladi? Usamo bin Lodinni qayerdan topishgandi? (Toliblarning) Quetta shoʻrosi, Peshavor shoʻrosi qayerda joylashgan? Haqqoniy tarmogʻi qayerda joylashgan?" deya savol tashladi Afgʻoniston siyosiy vakili. Bularning barchasiga javob, albatta, Pokistondir.
"Mintaqaviy xavfsizlik boʻyicha hamkorlik halollik bilan qilinishi kerak", - deya xulosa qildi u.
Katrin Puttsning yozishicha, Samarqanddagi anjuman ilk kunida oʻzaro hamkorlik borasidagi koʻtarinki ruh bilan boshlangan boʻlsa-da, aslida uning negizida boʻlinishlar yotgandi.
"Afgʻonistondagi urush davom etar ekan, Markaziy Osiyoning xavfsizlik manfaatlari u oʻzi nazorat qila olmaydigan urushga qaram boʻlib qolaveradi. Pokiston, Afgʻoniston va AQSh oʻrtasidagi tortishuvlar Markaziy Osiyo orzu qiladigan hamkorlik yoʻlidagi muhim toʻsiqdir", - deya maqolasini yakunlaydi jurnalist. http://www.bbc.com/uzbek/lotin-41972838?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2