http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41961309?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Toshkent-Termez trassasining Sharof Rashidov (sobiq Jizzax) tumanidagi togʻli xududidan oʻtuvchi qismidagi avariya natijasida 1 kishi halok boʻldi.
2 odam shifoxonaga yotqizilgan. Yoʻl-transport hodisasida 8 avtomobil ishtirok etgan.
Jizzax viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasidan BBC bogʻlangan manbaning aytishicha, 10 noyabr kuni fura (ogʻir yuk tashuvchi mashina) ishtirok etgan avtohalokat Jizzax tumanining togʻli qismidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan.
Yoʻlda taʼmirlashtishlari olib borilayotgani sabab harakat bir tomonlama boʻlgan.
Guvohlarning aytishicha, Samarqand yoʻnalishi boʻyicha tepalikdan tushayotgan fura haydovchisi tormoz ishdan chiqqanligi bois boshqaruvni yoʻqotgan va oldinda yoʻl ochilishini kutib turgan yengil mashinalarni yanchib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga guvoh boʻlganlar hodisa tomonga koʻplab tez tibbiy yordam mashinalari oʻtib ketganini yozishgan.
Natijada bir kishi halok boʻlgan, yana ikki odam shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa boʻyicha tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Yoʻllarda taʼmirlash sabab yoki yoʻl patrul xizmatlarining sunʼiy oʻrnatilgan postlari sabab avtohalokatlar Oʻzbekistonda oldin ham boʻlgan.
Biroq bu kabi yangiliklar Oʻzbekiston matbuotida har doim ham yoritilmaydi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41961309?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев