http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41698399?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Gardez, Gʻazna va Qandahor ortidan bu gal poytaxt Kobul hujum nishoniga aylangan.
Xudkush hujumchi kamida 30 kishini masjidning ichkarisida oʻldirgan.
Hujum nishoniga aylangan Imom Zamon masjidi shia musulmonlariniki boʻlgan.
Voqea shohidlaridan birining BBCga aytishicha, Kobul gʻarbidagi bu masjid, goʻyoki,"jang jabhasiga aylangan".
Xudkush hujumchi avvaliga juma namoziga toʻplangan musulmonlarni oʻqqa tutgan, soʻngra portlovchi moddasini portlatgan.
Hujumda qancha odamning yaralangani va hujumchining taqdiriga oid maʼlumotlar hozircha imkonli emas.
Shu soatlarda Afgʻoniston tuprogʻida jang qiluvchi biror bir jangari guruh bu hujumga masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib chiqmagan.
Ammo butun Afgʻoniston boʻylab shia masjidlarini, odatda, IShID guruhi nishonga olib kelgan.
"Frans-Press" axborot agentligining xabar berishicha, hozir hujum sathida maxsus ekspertlar ish olib borishmoqda, portlovchi moddaning nima boʻlganini oʻrganishmoqda.
Kuni-kecha Kobul politsiyasi xushbin bayonot bilan chiqqan, portlovchi moddalar toʻldirilgan yuk mashinasini haydovchisi bilan qoʻlga olishga muvaffaq boʻlishganini aytishgandi.
Afgʻonistonda poytaxtida masjid soʻnggi bor shu yilning avgust oyida yuz bergan, hodisada 20 dan ortiq namozxon qurbon boʻlgandi.
May oyida yuk mashinasi vositasida uyushtirilgan qonli hujum esa, 150 dan ortiq insonning umriga zomin boʻlgandi.
Bu - oʻtgan uch kun ichida Afgʻoniston uyushtirilayotgan toʻrtinchi qonli hujum boʻladi.
Sharqiy Gardez, Gʻazna va janubiy Qandahor viloyatlarida uyushtirilgan hujumlar oʻnlab qurbonlarga sabab boʻlgan, katta sondagi insonni yaralagan.
Ulardan aksariyati politsiya xodimlari va afgʻon askarlari boʻlishgandi.
Afgʻoniston Tolibon harakati Prezidenti Donalьd Tramp boshchiligidagi yangi AQSh maʼmuriyatini mamlakatdan oʻz qoʻshinlarini butkul olib chiqib ketishni talab qilgan, aks-holda "urush oʻzlarining qonuniy haqlari" boʻlishini aytgandi.
AQSh yangi prezidenti qariyb bir yil deganda oʻzining Afgʻonistonga oid yangi strategiyasini ochiqlagan, Afgʻonistonda oʻzlarining harbiy hozirliklarini kuchaytirish istagida ekanliklarini bayon qilgan, ammo sulh uchun ham eshiklari ochiq qolishini qoʻshimcha qilgandi.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3