http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41696775?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Iqtisodchi blogger
Oʻzbekiston
Ona-onalar pul topish uchun endi qizlarini ham yirik shaharlarga yuborishga majbur boʻlayapti. Qishlogʻidan olisda dam olish kunisiz ishlab, 50-55 dollar oylik oladigan bu qizlarga sovchi kelishi qiyin boʻlmoqda.
Esingizda boʻlsa oʻtgan safar biz bugungi oʻzbek qishlogʻi odamlari hayotidagi bir ogʻriqli nuqta - erkaklar qolib ayollar roʻzgʻor qilish uchun bozor qilishga odatlangani haqida gapirgan edik.
Bugun qishloqlardagi yana boshqa bir holat haqida soʻz yuritamiz. Gap shundaki, bugunda ayrim qishloqlarda qizlarni poytaxtga, umuman, markaziy shaharlarga ishga yuborish urfga kirmoqda.
Tirikchilikning aybi yoʻqmi?
Bu muammoga birinchi marta poytaxtda koʻplab ochilgan milliy taomlar kafelarida eʼtibor qiratdim. Yaʼni bu yerdagi "Buxoro taomlari", "Gʻijduvon shashliklari", "Andijon oshi", "Samarqand zigʻir oshi", "Qashqadaryo jiz" kabi u yoki bu viloyat taomlariga pishirishga ixtisoslashgan kafelarda odatda xuddi shu yurtlardan boʻlgan yigit-qizlar ofitsiant boʻlib ishlashadi.
Avvaliga, biron uzoqroq qarindoshi ochgan, yoki talaba boʻlsa, boʻlsa, kechqurun ishlasa-ishlayotgandir, deb oʻyladim.
Bu yoshlar bilan suhbatda ularning koʻpchiligi qishlogʻidan aynan ishlash uchun Toshkentga kelgani, yaxshiroq joylashganlari biron bir qarindoshinikida turib ishlayotgani, qolganlari koʻpincha besh-olti kishi boʻlib ijarada turib yashayotgani maʼlum boʻldi.
Gap shundaki, aksar qishloqlarda yoshlarga ish yoʻqligi bois, ilojsiz qolgan yoshlar, agar oʻqishga kirolmagan boʻlsa (yiliga oʻzbek yoshlarining atiga 10-12% oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradi, qolganlari mehnat bozoriga yoʻl oladi), biron bir ilojini qilib poytaxtga, yoki viloyat markaziga biron bir ishga kirishga harakat qilishadi.
Bir farqi - oldin bu gap faqat yigitlarga tegishli boʻlsa, hozir qizlarga ham taaluqli boʻlib qoldi. Yaʼni qishloq ota-onalari qizlarini boshqa begona shaharlarga ishga joʻnatishga ham rozi - pul topsa boʻldi. "Uyda oʻtirgandan koʻra harna-da - hech boʻlmasa sepiga ishlatadi".
Hamma joyda bir xil emas
Bu holat viloyatlarga koʻra turlicha. Yaʼni Fargʻona vodiysida yashovchi qizlar koʻpincha odatda Rossiyada ishlashga ketishsa, mamlakatning janubiy viloyatlaridan boʻlgan qizlar poytaxtda ish topishga harakat qilishadi.
Masalan, bir tanishimning jiyani Toshkentdagi koʻpqavatli uylardan birida mahalliy uchastkavoy tomonidan ochilgan tikuv tsexida ishlayotgan ekan.
7 kunlik ish haftasi uchun bu yerdagi 5 qizdan har biriga 500 ming soʻmdan oylik maosh beriladi, qoʻshimchasiga oziq-ovqat bilan ham taʼminlanadi.
Hammasi kollejni bitirgan, turmushga chiqmagan qizlar.
Yana bir misol. Halima (ismlar oʻzgartirilgan) poytaxtdagi qandolat tsexlaridan birida ishlaydi.
Yozda muzqaymoq ishlab chiqaradigan korxona qishda shirinliklar chiqaradi. Halima 400 ming soʻm (+ovqatlanish harajatlari va turar joy) evaziga bu yerda qadoqlovchi boʻlib xizmat qiladi. Har ikki-uch oyda uyiga, onasini koʻrgani borib keladi.
Uning aytishiga koʻra, bu ish unga ham yoqmaydi. Lekin qishloqdagi oilaviy ahvoli yomonligi sabab shu yerda ishlashgan majbur.
Odatda qiz bolaning shaharga ishga ketishi uning hayotida yana bir muammoni keltirib chiqaradi.
Yaʼni qishloqda uncha muncha oʻzini bilgan oila endi bu qizni kelin qilmaydi. Shu sababli shaharda ishlab yurgan qishloq qizlarining aksariyati turmushga chiqmagan.
Turli xil odamlarga toʻla shahar esa qizlarning psixologiyasiga koʻpincha yaxshi taʼsir qilmaydi.
Biroq bir narsani aytib oʻtish joizki, ahvol hamma joyda ham bir xil emas: sanoat yaxshi rivojlangan tumanlarda yosh qizlarga ham ish topiladi. Lekin bunday tumanlar unchalik ham koʻp emas.
Shu oʻrinda ilgarilari qizlar tarbiyasi bilan shugʻullangan buvi-momalarimiz qizlarini hatto oʻzlari yashab turgan qishlogʻida ham koʻchaga yolgʻiz chiqarmagani, qiz bolani uncha muncha joyga, hatto qarindoshlarinikiga ham mehmonga yubormagani esimga tushadi.
Yetmish yillik sovetlar zamoni ham oʻzgartira olmagan oʻzbeklar hayotida qandaydir biz hali tushunib yetmagan ichki evrilishlar ketmoqda. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41696775?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 49