Тайинланмади ҳам
Babayan oʻrniga bosh murabbiy tayinlandi. Tayinlanmadi ham http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41679367?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga Qarshining "Nasaf" jamoasi ustozi Roʻziqul Berdiyev vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan. Bu haqda sports.uz va championat.asia saytlari oʻz manbalariga asoslanib xabar tarqatgan. sports.uz sayti Oʻzbekiston termasi noyabr oyida Qatar bilan oʻyin oʻtkazishi va janob Berdiyev milliy termani shu oʻyinga tayyorlashini maʼlum qilgan. championat.asia esa Roʻziqul Berdiyev 14 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston termasiga ustozlik qilishi haqida yozgan.
Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi 14 noyabr kuni BAA bilan oʻyin boʻlishini tasdiqladi, ammo Roʻziqul Berdiyevning milliy termaga bosh boʻlgani haqidagi xabarlarni na tasdiqladi, na inkor etdi.
"Ayni paytda OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov rasmiy safar bilan Qatarda boʻlib turibdi. Roʻziqul Berdiyev bilan bogʻliq OAVda paydo boʻlgan xabarlarga esa prezidentning safaridan keyin oʻtkaziladigan federatsiya rahbariyatning navbatdagi majlisida aniqlik kiritiladi", deb bayonot berdi tashkilot matbuot xizmati.
Oʻz navbatida, OʻFF matbuot kotibi Sanjar Rizayev championat.asia ga bergan qisqa intervyusida Roʻziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqlagan, biroq "u hozircha rasman bosh murabbiy emas" deb aytgan.
Roʻziqul Berdiyevning oʻzi bu xabarlar yuzasidan biror izoh bermasligini bildirdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi oʻrni 7 sentyabrdan beri boʻsh. Jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiyada boʻladigan JCh-2018 yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagani uchun isteʼfoga chiqarilgan edi.
22 oktyabr kuni 46 yoshni qarshilaydigan Roʻziqul Berdiyev butun futbolchilik va murabbiylik faoliyatini Qashqadaryoning "Nasaf" jamoasida oʻtkazgan. "Nasaf" safida eng koʻp — 314 marta maydonga tushgan yagona futbolchi.
Janob Berdiyev "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida 2015 yilgi Oʻzbekiston Kubogi, 2016 yilgi Oʻzbekiston Superkubogi sohibi. 2013—2016 yillarda ketma-ket toʻrt marta Oʻzbekiston chempionati bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Roʻziqul Berdiyev jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida 2013 va 2016 yilgi mavsumlar yakuniga koʻra Oʻzbekistonda yil murabbiyi deb topilgan.
Xorijiy murabbiy va shaffoflik vaʼdasi
2017 yil 12 sentabr kuni Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi rahbari oʻzgardi. Tashkilotga sobiq ichki ishlar vaziri Zokir Almatov oʻrniga 2006 yilda prezident etib saylangan senator Mirabror Usmonov oʻrnini "Paxtakor" vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov egalladi.
Janob Ahmadjonov faoliyatining ilk kunlaridayoq "futbolni koʻtarish" boʻyicha oʻziga xos "Harakatlar strategiyasi"ni jamoatchilik eʼtiboriga havola qilgan edi.
Unda bugun kunning eng ustuvor besh masalasidan biri sifatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga faqat xorijlik murabbiy tayinlash koʻrsatilgan edi. Muzokara olib borilayotgan murabbiylar nomi maʼlum qilinmagan.
OʻFFning yangi prezidenti ilk matbuot anjumanidayoq federatsiya faoliyatini shaffoflashtirishni vaʼda qilgan edi. Biroq uning oʻzi xorijda boʻlgan vaqt tashkilot masʼullari birgina murabbiy haqidagi savolga javob berolmayapti.
Bu OʻFF prezidenti lavozimiga kirishganiga hali bir yarim oy boʻlmagan Umid Ahmadjonovning oʻz vaʼdasini bajara olmay qolishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.
U futbol ishqibozlarining stadionlarga kelib oʻyin tomosha qilishlari zarur sharoitlarni yaratishini aytganidan koʻp oʻtmay, Oʻzbekiston Kubogining 2017 yilgi finali qishning boshidagi ish kuni — 4 dekabr, dushanbaga belgilandi.
Toshkentning "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari oʻzaro bahs olib boradigan final uchrashuvi haftaning birinchi ish kunida soat 15:00 da — ayni ish vaqtida boshlanadi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41679367?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003057 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003055 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 21