Guardian: Toshkent obod boʻlishi uchun odamlar oʻz uyidan koʻchirilmoqda http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41668222?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Лондонда нашр этиладиган "Гардиан" рўзномаси Тошкент марказида барпо этилаётган Tashkent Cityнинг оддий инсонлар ҳаётига таъсирига бағишланган таҳлилий мақола эълон қилган.
Odnoklassnikidagi BBC O’zbek guruhiga qo’shiling, “нравиться” va “поделиться” tugmalarini bosing http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41668222?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Londonda nashr etiladigan "Guardian" roʻznomasi Toshkent markazida barpo etilayotgan Tashkent Cityning oddiy insonlar hayotiga taʼsiriga bagʻishlangan tahliliy maqola eʼlon qilgan.
"Men qutida yashashni istamayman': Odamlar Toshkent obod boʻlishi uchun oʻz uyidan koʻchirilmoqda" deb sarlavhalangan maqolaning Oʻzbek tilidagi tarjimasi.
"Guardian" roʻznomasining EurasiaNet.org mustaqil onlayn nashri bilan hamkorlikda tayyorlangan maqolada Toshkentning "Paxtakor" metro bekati yaqinidagi qadimgi mahalla yashovchilari bugungi kunda yuzma-yuz kelgan manzara tasvirlab beriladi.
"Abdujalil Azimov stulda oʻtirib olib, radiopriyomnigidan oʻzbek estrada qoʻshigʻini tinglamoqda, uning qoʻylari esa kunbotar payti Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahri markazidagi maysazorda bemalol oʻtlab yuribdi.
Old tarafda muhtasham yangi xonadonlardan iborat koʻzni qamashtiruvchi oq marmar uylar qad rostlagan. Azimovning ort tarafida "Olmazor" mahallasi, uning betartib qurib tashlangan paxsa uylari koʻzga tashlanadi. Bu uylar bir vaqtlar Buyuk Ipak yoʻli manzillaridan biri boʻlgan Markaziy Osiyo shahrining koʻhna tarixini gavdalantirardi.
Bu kishi zavodda ishlab, 60 yoshida pensiyaga chiqqan. Otasi, buvasi va katta buvasi singari u ham "Olmazor" mahallasida tugʻilgan. - Katta buvam 1934-yili 106 yoshida qazo qilgan, - deydi u gʻurur bilan.
Biroq ota-bobolaridan farqli ravishda Azimovga (bu - uning taxallusi, xavfsizligini taʼminlash maqsadida ismi oʻzgartirildi) tugʻilib oʻsgan joyida umrining oxirigacha yashash nasib etmaydi: "Olmazor" mahallasini buzish rejalashtirilmoqda. Umr yoʻldoshi, farzandlari va besh nevarasi bilan yashayotgan uyi boshqa yuzlab uylar qatori buzib tashlanadi.
Ular yashab turgan joyda osmonoʻpar va kumushrang binolar qad koʻtaradi va ularda biznes markazlari, hashamatli xonadonlar, mehmonxonalar, ofislar va dam olish obʼektlari joylashadi. Hukumat shu tariqa Toshkentni xalqaro xaritadagi koʻzga koʻrinadigan joylardan biriga aylantirmoqchi", deyiladi maqolada.
"Bir yil oldin diktator oʻtmishdoshi Islom Karimovning oʻlimidan soʻng hokimiyatni egallagan Prezident Shavkat Mirziyoyev eʼlon qilgan Tashkent City deb ataluvchi iddaoli loyiha chet ellik sarmoyadorlarni jalb etuvchi ohanrabo vazifasini oʻtaydi. U Oʻzbekiston poytaxtini Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalar uchun biznes markaziga aylantirish yoʻlidagi iqtisodiy inqilobga yoʻl ochib beradi", deyiladi "Gardian"dagi maqolada.
"...Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uzoq yillar rahbarlik qilgan Karimovning oʻlimiga qadar poytaxt gʻaflat uyqusidagi ovloq joyga aylanib qoldi va sarmoyadorlar bu yerdan qochadigan boʻldi. Bunga sovet uslubidagi qoloq iqtisodiy amaliyot va hukumatning sarmoyadorlar aktivlarini tortib olayotgani sabab boʻldi. Endi Mirziyoyev Oʻzbekistonga sarmoya jalb qilish uchun jozibali mamlakat sifatidagi obroʻsini oshirish maqsadida keng koʻlamli islohotlarga qoʻl urdi. Toshkent shahri oʻsha rejaning bir boʻlagidir", deb yozilgan maqolada.
"Aksar oilalarning qanchadan-qancha avlodi bu yerda yashab oʻtganlar, endi esa ular koʻchishi kerak. - Toshkent-Siti mana shu mahallalarning boshidan oyogʻigacha boʻlgan hududni egallaydi, - deydi pushti hijob oʻrab olgan Dilnoza Ikromova(garchi hammasi ham diniy amallarni bajarmasa-da, oʻzbeklarning barchasi musulmon) "mahalla" soʻziga alohida urgʻu berar ekan. - Mana shu uylarning barchasi buziladi.
Oʻzbeklar oila bilan mahallaga qattiq bogʻlanganlar, binobarin, mahallaning buzilishini yuraklariga yaqin oladilar. - Bu uyat, albatta. Men umr boʻyi shu koʻchada yashadim. Uch aka-ukam oilalari bilan mana shu uylarda yashaydi, - deydi u tor koʻchani koʻrsatar ekan. U yerda ikki bolakay eski bir koptokni tepib oʻynayotgan ekanlar. - Men shu yerda tugʻilganman, lekin qoʻlimdan nima ham kelar edi? Davlat nima desa, shu boʻ'ladi.
Bu ayol ham boshqalar singari davlat idoralari katta oilasini koʻchirib, biror joydan uy berishidan umidvor, biroq bu haqdagi rasmiy maʼlumot juda kam. Amaldorlar bu yerda qancha odam yashayotganini hisoblab chiqmoqda, ammo tuman hokimligi xodimi, "bir narsa deyish qiyin", deb yelka qisishdan nariga oʻtmaydi", deyiladi maqolada.
"Aksar kishilar oʻzlariga shahar chekkasidan xonadonlar taklif qilinishiga ishonadilar, chunki bir necha yil oldin uylari buzilgan qoʻshnilariga shunday xonadonlar taklif qilingan edi. Ikromova zamonaviy qulay sharoitlari bor va vodoprovod suvi bilan taʼminlangan xonadonga koʻchib oʻtishni intiqlik bilan kutmoqda, chunki bunday sharoit mahallasidagi uylarda yoʻq, lekin boshqa kishilar shahar markazidan chekkaga koʻchishni ham, tor xonadonga qamalib olishni ham istamayapti.
- Men qutida yashashni istamayman, - deydi Oʻzbekistonning uzundan-uzoq yoz kunlaridan birida uyi oldidagi chang koʻchani supurayotgan Nilufar Oripova. - Men umrim davomida - 52 yildan buyon "Olmazor" mahallasida yashayman. Ikki-uch koʻcha narida tugʻilganman, erimning mana shu uyiga kelin boʻlib tushganman.
- Mahallamdan koʻchishni istamayman, lekin koʻchishga majbur boʻlsak, bizga hammamiz birga yashaydigan katta hovli berilishi kerak, - deya qoʻshimcha qiladi Oripova. U mahallada eri, uch farzandi va bir necha nevarasi bilan yashaydi. Davlat kvartira oʻrniga yer taklif qilishi ham mumkin, lekin aholi oʻsha yerda uyni oʻz hisobidan qurib olishi kerak boʻladi.
- Ularga turli variantlar taklif qilinadi, lekin hali bir toʻxtamga kelingani yoʻq, - deydi Toshkent shahriga sarmoyalarni jalb qilishga masʼul xodim Bahrom Rizayev. Uning fikricha, bu ishni rejalashtirayotgan kishilar "hammani qoniqtiradigan yangi uy-joy bilan taʼminlash"ga bel bogʻlagan.
Mirziyoyevning sarmoyadorlarga barcha sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutgan islohotlariga qaramay, shu paytgacha Gʻarb tadbirkorlarining bu yerga sarmoya yotqizish uchun navbatga turganini hech kim koʻrgani yoʻq. Ammo Rizayevning aytishicha, turkiyalik va xitoylik sarmoyadorlar Tashkent Cityga qiziqish bildirmoqdalar va "roʻyxat asta-sekin kengayib boradi. "Iqtisodiyotimizda ijobiy oʻzgarishlar yuz bermoqda, shu sababli loyihamiz muvaffaqiyat qozonishiga ishonamiz", deya qoʻshimcha qildi u.
Tashkent City Oʻzbekiston poytaxti qiyofasini, eski mahallalarda yashayotgan aholining hayot tarzini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Ularning yashab turgan joyidan koʻchirilishi shahar markazining obod boʻlishi uchun toʻlanadigan tovon pulidir. "Olmazor" mahallasida yashovchi Azimov uyda uch-toʻrtta qoʻyni semirtirib sotish va kam miqdordagi pensiyasiga qoʻshimcha daromad uchun ularni koʻchada oʻtlatishga majbur. - Kvartiraga koʻ'chib oʻtsam, bu ishni qila olmay qolaman, - deydi u.
Biroq koʻchirilayotgan ayrim kishilar masalaning yaxshi tarafini ham koʻrayotganlarini aytadilar. - Biz yo koʻchirilamiz yoki tovon puli olamiz, - deydi ellikning nari-berisidagi, tilla tishlari yaltirab turgan Feruza Ahmetova. Oq sochi did bilan turmaklangan bu ayolning aft-angori Oʻzbekistonda muayyan ijtimoiy maqomga egaligini koʻrsatadi. - Bu barchamiz uchun, Oʻzbekiston uchun qilinmoqda. Oʻzbekiston gullab-yashnasa, Toshkent ham gullab-yashnaydi, deb umid qilaman. Buning nomini taraqqiyot deydilar", deyiladi "Guardian" roʻznomasidagi maqolada.
#toshkent #tashkent #тошкент #ташкент #олмазор #ўқчи #olmazor
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4