http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41628131?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Xalq suygan hofiz Sherali Joʻrayev qariyb chorak asrlik tanaffusdan soʻng "Istiqlol" sanʼat saroyida kontsert bermoqchi.
2018 yilning yanvar oyida uch kun davom etadigan kontsert chiptalari payshanba kunidan boshlab sotuvga chiqadi.
Kontsert tashkilotchisi "Moʻʼjiza media" tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kontsert afishasida uning 19 chidan 22 yanvargacha toʻrt kun davom etishi mumkinligi aytilgan.
"Oʻzbegim" nomli kontsert dasturi jonli ijroda boʻlishi koʻrsatilgan.
"Moʻʼjiza media" xodimining aytishicha, kontsert afishalari shahar koʻchalariga 10 kundan soʻng chiqariladi.
"Kontsertga ruxsat oldik. Chiptalarni payshanbadan sotuvga chiqaramiz. Narxi 20 ming soʻmdan 200 ming soʻmgacha boʻladi. Hozircha eʼlonlarni internetda berganmiz.
Toshkent shahri koʻchalariga afishalarni 10 kundan soʻng ilsak kerak.
Reklamalarni ilish uchun ruxsat olish ishlari hali yakunlanmadi", deydi tashkilot xodimi.
Uning aytishicha, Sherali Joʻrayev "Istiqlol" (sobiq "Xalqalar doʻstligi") sanʼat saroyida soʻnggi bor 24 yil oldin kontsert bergan.
Hofizga yaqin manbaning BBCga aytishicha, Sherali Joʻrayev oʻsha vaqti "Xalqalar doʻstligi" deb yuritilgan saroyda kontsert berishi taqiqlangan boʻlsa-da, stadionlarda ancha vaqt kontsert berib yurgan.
Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev mustaqillikning ilk yillarida Prezident Islom Karimovga yaqin sanʼatkorlardan boʻlgan.
Joʻrayevning Prezident Karimov bilan Makkaga borgani hali ham eslanadi.
Biroq 1994 yildan boshlab Sherali Joʻrayevning markaziy televideniyelarda koʻrsatishga ogʻzaki taqiq qoʻyildi.
Hofizning ovozi hatto radiolarlarda ham bir muddat chiqmay qoldi.
Biroq keyinchalik Sherali Joʻrayev qoʻshiqlari markaziy va mahalliy radiolarda qoʻyila boshladi.
Hofizning markaziy televidenida chiqishiga taqiq qoʻyilgan boʻlsa-da, u ijoddan toʻxtab qolmagan.
Islom Karimov vafotidan soʻng Sherali Joʻrayev markaziy televideniyelarda koʻrinish bera boshladi.
U Toshkentda oʻtkazilgan "Oʻzbegim" festivalida toʻplanganlar oldiga chiqib bir necha qoʻshiq kuyladi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41628131?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
GULBADAN
KELDI BAXOR
. . . . . .
yawan xofiz