http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41621077?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Mirziyoyev paxta topshirish boʻyicha davlat rejasini bajargan Xorazm viloyatiga safar qilmoqda.
Viloyatdagi bir necha obʼektlarni borib koʻrgan Prezident tashrifi rasmiy saytlarda faol yoritilmoqda.
Xabarlarda Mirziyoyevning paxta, xususan tinimsiz tanqid qilinayotgan majburiy mehnat borasida munosabati aks etmagan. Kun.uz sayti "Xorazmpaxtasanoat hududiy filiali" MChJ maʼlumotnomasiga tayanib viloyatning davlatga paxta topshirish majburiyatini bajarganligi haqida xabar berdi.
Xorazmliklar 250 ming 400 tonna paxtaning deyarli hammasini qoʻlda terib olgan. Mashinada terilgan paxta 493 tonna yoki umumiy hosilning 0.19 foizini tashkil qilgan.
Bu yil paxtani terib olish davomida hukumat baland minbarlardan turib majburiy mehnatga barham berilganini taʼkidlagan boʻlsa-da, buning aksi kuzatilgan.
Huquq himoyachilari va jurnalistlarning taʼkidlashicha, paxta terishga safarbarlikning Islom Karimov davrida kuzatilmagan turlari paydo boʻlgan.
Vodiylik oʻqituvchi va byudjet tashkiloti xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga paxtaga safarbar etilgan.
Paxta munosabati bilan oʻlim hollari bu yil ham davom etgan.
Shunga qaramasdan ayrim viloyatlarda oʻqituvchilar paxtaga oʻtgan yillargidek jalb qilinmagan. Aksar talabalar oʻqishni davom ettirmoqda.
Biroq ushbu tanqidiy chiqishlar va holatga Prezident Shavkat Mirziyoyev shu vaqtgacha izoh bermagan.
Mirziyoyev oʻz chiqishlarida 25 yil ichida ahvol oʻshta abgorlashgani va xalq qiyin ahvolda qolayotganini taʼkidlaydi.
Ushbu muammoni yechish uchun tinimsiz qarorlar chiqarayotgani, biroq uni amalga oshirishda kadrlar muammosiga duch kelayotganini aytib keladi.
Kuzatuvchilar Mirziyoyevning Xorazmga safari aynan paxta plani toʻlishi arafasida boʻlayotganiga eʼtibor qaratishgan.
Rasmiy saytlar Prezident safarini tezkorlik bilan hamda keng yoritib bormoqda.
14 oktyabr kuni Xorazmga kelgan Mirziyoyevning Urganch xalqaro aeroportida bajarilgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishgani xabar berilgan.
Undan tashqari Prezident Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini qayta tiklash loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mirziyoyev oʻsha kuni Urganch shahrida qurilayotgan mehmonxona ishlarini ham borib koʻrgan.
Biroq xabarlarda Prezidentning Xorazm viloyati paxtakorlarini rejani bajargani munosabati bilan tabriklagani yoki odamlarning paxta terishga ixtiyoriy-majburiy ravishda chiqqaniga munosabati hozircha xabar berilmagan.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2