Hindiston: Toj Mahal yana qizgʻin munozaralar markazida https://www.youtube.com/watch?v=QpxwCjsOilQ?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit "Jahonning yetti moʻʼjizasidan biri" boʻlgan bu qadim obida Uttar Pradesh shtatida sayyohlar uchun moʻljallangan bukletga kiritilmagan.
Yangi buklet shtat sayyohlik boshqarmasi tomonidan chiqarilgan. Daʼvo qilinishicha, u reklama maqsadlarini koʻzda tutmagan.
Ammo, shunga qaramay, qadim va mashhur Toj Mahalning undan tushib qolishi taajjub, tushunmovchilik va gʻazabnok munosabatlarga sabab boʻlgan.
Ijtimoiy muloqot tarmoqlarida bahsu munozaralarni qizitganlar esa, birgina oddiy internet foydalanuvchilari bilan cheklanmagan.
Jurnalistlar, siyosatchilar va faollar ham ularning saflariga qoʻshilishgan, bu xususda oʻzlarining norozi "ovozlari"ni eshittirishgan.
Deylik, birgina "Twitter"ning oʻzida bor-yoʻgʻi 24 soatning ichida Toj Mahalning nomi 12 ming martadan koʻproq tilga olingan.
Bosh sayyohlik vaziri va buklet
Boburiylar meʼmorchiligining "shoh obidalari"dan biri boʻlgan Toj Mahal Uttar Pradesh shtatining Agra shahrida joylashgan.
Toj Mahal kiritilmagan buklet esa, millatchi hindu siyosatchisi Yogi Adityanatx Uttar Pradesh shtati Bosh sayyohlik vaziri etib tayinlanishidan olti oy oʻtib chop etilgan.
Undan amalga oshirilayotgan va koʻz tutilayotgan sayyohlik loyihalari bilan bir qatorda bir qancha mashhur tarixiy obidalarning nomlari ham keltirib oʻtilgan.
Toj Mahal kirmagan bir paytda, Bosh sayyohlik vaziri Yogi Aditьyanatx shaxsan bosh ruhoniysi boʻlgan Gorakxpur ibodatxonasi nomi ham bu bukletdan joy olgan.
Yogi Adityanatx bungacha ham oʻzining Toj Mahalga boʻlgan munosabati bois anchayin gap-soʻzlarga sabab boʻlib ulgurgan.
Deylik, shu yil iyun oyida Bosh sayyohlik vaziri Toj Mahal "hind madaniyatini aks ettirmasligi"ni iddao qilib chiqqandi.
Agar, Uttar Pradesh Sayyohlik boshqarmasi mulozimi Avanish Avastining soʻzlariga tayanilsa, yangi buklet faqat matbuot anjumanlarini koʻzda tutib, chop etilgan.
Sayyohlar uchun yoʻriqnoma boʻlmagan.
Uttar Pradesh shtati hokimiyatining rasmiy "Twitter" akkauntidagi qator twitlarda bayon qilinishicha esa, Toj Mahalni taʼmirlash ishlari uchun, hatto, mablagʻ ham ajratilgan.
Toj Mahal...
Muhabbat maqbarasi hisoblangan Toj Mahal UNESCOning Jahon Madaniy merosi roʻyxatidan joy olgan obida sanaladi.
Ushbu meʼmoriy obidani bundan 4 asrcha burun Boburiy shahzodalaridan - Hindiston podshohi Shohjahon barpo etdirgan.
Obida uning olamdan oʻtgan suyukli rafiqasi malika Mumtoz Mahal xotirasiga bagʻishlangan.
Tarixiy manbalarda Toj Mahalni tiklash uchun chorak asrcha ortiq vaqt sarflangani va qurilish ishlarida oʻn minglab odamlar band boʻlishgani yoziladi.
Oppoq marmardan barpo etilib, qimmatbaho toshlardan sayqal berilgan moʻʼjizakor imorat Jamna daryosi boʻyida joylashgan.
Obida baʼzan "yonoqdan oqayotgan koʻz yoshi"ga ham qiyos qilinadi.
Xavf va tahdidlar
Soʻnggi yuz yillikda 17-asrda qurilgan ushbu maqbara-masjid turli xavflar qarshisida qolgan.
Afsonaviy Toj Mahal oxirgi paytlarda yam-yashil tus olishni boshlagan.
Atrof-muhitni himoya qilish mutaxassislari aytishicha, bunga ifloslangan Jamna daryosidan chiqayotgan zararkunandalar sabab boʻlmoqda.
Ular Toj Mahalning oppoq marmar devorlariga yashilsifat qora izlarini qoldirishmoqda.
Oxirgi yuz yilda Toj Mahal toʻqnash kelayotgan xavf-xatarlar esa, birgina zararkunandalar bilan cheklanmagan.
Qadimiy obida ifloslanishdan tortib, "vijdonsizlarcha qurilgan" krematoriya va bomba tahdidi bilan ham roʻbaroʻ kelgan. http://www.bbc.com/uzbek/world-41553847?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1