http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41538170?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Vladimir viloyatidagi dahshatli halokatda omon qolgan migrantlar Rossiyaga kirish qonunlarini buzganlikda ayblanib Oʻzbekistonga deportatsiya qilinadi.
Ayni damda Oʻzbekistonda oʻlganlar uchun motam kuni eʼlon qilinmaganligi bahslarga sabab boʻlgan.
Rossiya politsiyasi hodisadan omon qolganlarning 17 nafariga nisbatan migratsiya qonunlarini buzganlik holati yuzasidan maʼmuriy javobgarlik belgilagan.
Halokatda omon qolgan oʻzbekistonliklarning xujjatlari politsiya tomonidan tekshirilganida, Rossiyaga kirish qoidalarini buzganlik holatlari aniqlangan.
Politsiya fojea jabrlanuvchilarga nisbatan maʼmuriy qoidabuzarlik boʻyicha bayonnomalar tuzib, ularning ishini sudga oshirgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vladimirda roʻy bergan yoʼl-trasnport hodisasida qurbon boʻlganlar va jabrlanganlarning roʻyxatini rasman eʼlon qildi.
Roʻyxatga koʻra, halokatga uchragan avtobus yoʼlovchilarining aksari surxondaryoliklar boʻlib ular orasida ayollar va 2 nafar yosh bola ham bor.
Ayni paytda YTH qurbonlari soni 19 nafarga yetganligi maʼlum qilinmoqda. Ulardan 14 nafarining shaxsi maʼlum, qolgan jasadlarning shaxsini aniqlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston mehnat muhojirlari uchun motam tutadimi?
Avtahalokatda 19 Oʻzbekiston fuqarosining halok boʻlishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va muhojirlar oʻrtasida ularga nisbatan motam kuni eʼlon qilish kerak degan bahslarni paydo qilgan.
"Tirikligida qadr topmagan muhojirga vafotidan soʻng hurmat koʻrsatilarmidi?!", - deydi Moskvadagi mehnat muhojiri Maqsad Oʻrinov.
"Oʻlganlar uchun motam kuni muhim emas, muhimi ularni oilalariga katta miqdorda moddiy yordam koʻrsatilishi", deb yozadi Aziz ismli Twitter foydalanuvchisi.
-Bir inson oʻlsa oylab aza tutamiz, bu yerda oʻnlab oʻzbeklar oʻlgan-ku. Motam kuni ahamiyatli emasday koʻrinadi, ammo bu marhumlarning yaqinlariga hamdardlikning bir koʻrinishi, - deydi muhojir Shohida Usmonova.
"Oʻtganlar ruhiga tilovat oʻqish uchun kun ajratilishi shart emas. Muhojirlar vafoti uchun motam kuni eʼlon qilinsa vaziyat qanchalik jiddiyligi koʻrinsa kerak. Rossiyada yosh-yosh oʻzbekistonlik yigit-qizlar oʻlib ketayotgani bilinib qoladi", - deya fikr bildirdi samarqandlik ishchi Furqat Sobitov.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlarini "farzandlarimiz" degan edi.
Bundan oldingi yirik yoʼl-transport hodisalarida ham koʻplab oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari qurbon boʻlganligi qayd etilgan.
Jumladan, 22 iyun kuni Chimkent shahridan Volgograd shahriga ketayotgan avtobus agʻdarilib, 9 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan.
Biroq mehnat muhojirlari oʻlimi bilan bogʻliq fojealar munosabati bilan mamlakatda hali motam tutilmagan.
Oʻzbekistonda "Motam kuni" eʼlon qilinishi hollari juda kam kuzatiladi.
2016 yil 2 sentyabrda sobiq davlat rahbari Islom Karimov vafoti munosabati bilan mamlakatda motam kuni eʼlon qilingan.
Bundan oldin esa 2004 yil 15 yanvar kuni "Toshkent-Termiz" yoʼnalishida uchuvchi Yak-40 samolyoti xalokatida vafot etgan 37 nafar kishi munosabati bilan motam kuni oʻtkazilgan.
Qoʻshnilarda taʼziyali kunlar
Qirgʻiziston hukumati Rossiyada qurbon boʻlgan mehnat muhojirlari va hodisalarda qurbon boʻlgan qirgʻizistonliklar uchun bir necha bor motam kunlarini oʻtkazdi.
2016 yil 29 avgust kuni Moskvada yuz bergan yongʻinda 14 nafar qirgʻizistonlik mehnat muhojiri va Oʻsh-Bishkek yoʼlidagi avtohalokatda 9 nafar qirgʻizistonlikning halok boʻlgani munosabati bilan eʼlon qilindi.
Qirgʻiziston 2017 yilning 17 yanvarida avialokat, 30 aprelida esa Oʻsh viloyatida yer koʻchkisi oqibatida odamlar qurbon boʻlgani munosabati bilan motam kunini oʻtkazdi.
Tataristondagi yirik YTHda halok boʻlgan 14 nafar kishi uchun 2017 yil 2 iyulda motam kuni oʻtdi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41538170?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #владимир #поезд #ўзбекистон #россия #мигрант #vladimir #OZbekiston
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 128