http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41537239?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilib tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.
Suhbatda Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillning Oʻzbekistonga tashrifi ham eʼtirof etilgan. Biroq unda Vladimir viloyatida poyezd ostida qolib vafot etgan 19 oʻzbekistonlik eslanmagan.
7 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti oʻrtasida telefon suhbati boʻlib oʻtgani haqida Mirziyoyevning rasmiy sayti president.uz xabar berdi.
"Davlatimiz rahbari muloqot avvalida Rossiya Federatsiyasi Prezidentini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Davlatlarimiz oʻrtasida koʻp rejali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishda hamda strategik sherikchilikni rivojlantirishda Rossiya rahbarining ulkan hissasini alohida taʼkidladi", - deyiladi faqat rus tilida chop etilgan xabarda.
Suhbat davomida Oʻzbekiston Prezidentining aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni oliy darajada mustahkamlagani aytilgan.
Shavkat Mirziyoyev bir hafta oldin Oʻzbekistonga kelgan Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillning tashrifi ikki xalq oʻrtasida doʻstlikning mustahkamlanishiga xizmat qilganini taʼkidlagan.
Suhbat soʻnggida Mirziyoyev yana bir bor Vladmir Putinni tugʻilgan kuni bilan "iliq" tabriklagan.
Rossiya Prezidenti tabrik uchun Oʻzbekiston rahbari va xalqiga oʻz minnatdorchiligini bildirgan.
Suhbat haqidagi rasmiy xabarda prezidentlar Vladimir viloyatidagi poyezd ostida qolib halok boʻlgan oʻzbekistonlik migrantlarni eslamaganini koʻrish mumkin.
Matbuotda Rossiyadagi fojia yuzasidan Oʻzbekiston rahbari nomiga yozilgan birorta hamdardlik chop etilmagan.
Kuzatuvchilar Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzga davlatlardagi halokatli fojialarga munosabat va hamdardlik bildirishda ancha faol ekanligini aytishadi.
Mirziyoyev soʻnggi bor 7 oktyabr kuni avtahalokatda vafot etgan Qirgʻiziston Bosh vaziri oʻrinbosari Temir Jumaqodirov oʻlimi yuzasidan Almazbek Atambayevga hamdardlik maktubi yoʻllagan.
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temir yoʻl kesishmasida 57 nafar yoʻlovchini ortib olgan avtobus poyezd ostida qolib ketgan. Natijada rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 19 Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan.
Halok boʻlganlar ichida 2 nafar yosh bola ham bor. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41537239?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
Бошланишида карши эди Приздентимиз ялокхурларни Мактовларига
Аммо приздентимизни Ташаббуслари! Билан деган Алдовга ён бериб Аллаланмокда
Приздентга рахмат Утган йилларда Кузатилмаган ишлар киляпди Аммо Халки Узбек бунданда Юкори хурматга Лойик
Урусда ишлаган Ойилангиздан узокда яшаганмисиз? СОГИНЧ нималигини Биласизми?
8000 $ дебсиз Йук 120 минг Рублдан купрок билан Улиги тириги эса 6 мингдан 10 минг рублга Уйига келади. АВТУБУСЛАРДА. Мисол ошик ками Ичида шаройитига Караб.
Мухожирга Осонмас!
Депорт >Одамий