http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41471615?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekistondagi mehnat birjasi orqali Rossiyaga kelgan qashqadaryolik migrant koʻchada qolganini aytadi.
30 yoshli Ilyos Shayqulov Qarshi shahar mehnat birjasi uni aldaganligini iddao qilmoqda.
Uni tinglash uchun mana bu yerga bosing: https://www.youtube.com/watch?v=lXWicS0LCZU&feature=youtu.be Uning BBCga aytishicha, Qarshi shahar mehnat birjasi tomonidan Rossiyaning Yaroslavl viloyatiga haydovchilik ishiga joʻnatilgan. Joriy yil aprelida tuzilgan shartnomaga asosan, haydovchilik ishiga yuborilishi uchun birjaga 400 ming soʻm pul, yoʻlkirasi uchun 200 dollar toʻlagan, ammo Rossiyaga kelgach, oʻziga vaʼda qilingan ish bilan taʼminlanmagan.
BBC Qarshi shahar mehnat birjasi rahbari Ilhom Toʻrayev bilan bogʻlanib, Shayqulov voqeasiga oydinlik kiritishini soʻradi.
"Shartnoma tuzilgan vaqtda Rossiyada Oʻzbekistonning haydovchilik guvohnomalari amal qilar edi. Shayqulov borganida yangi qonun kuchga kirgan. Shuning uchun haydovchilik vazifasida ishlay olmadi. Unga boshqa taklif qilingan ishlar maʼqul kelmay, oʻz ixtiyori bilan korxonadan ketgan," - deydi birja rahbari Toʻrayev.
Toʻrayevga koʻra, birja orqali yuborilgan mehnat muhojirlarining barchasi Yaroslavlda yaxshi ishlashmoqda. Ish haqi va sharoitlar borasida muammolar boʻlmagan. Uning aytishicha, Ilyos Shayqulov mehnat birjasi bilan shartnoma tuzgan, ammo shartnomada koʻrsatilgan 400 000 soʻmni toʻlamagan.
"Shunga qaramay, Shayqulov Yaroslavldan Moskvaga ketganidan keyin ham xujjatlariga yordam boʻlishi uchun unga 100 dollar yubordim" deydi birja rahbari.
Ilyos Shaykulov nafaqat Qashqadaryo, balki boshqa viloyatlardan Yaroslavlga mehnat birjasi orqali ishga borgan oʻzbekistonliklar ham qiyin sharoitlarda qolayotganini daʼvo qilmoqda. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41471615?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2