http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41452832?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit BBCga maʼlum boʻlishicha, 27 sentyabr kuni bedarak yoʻqolgan jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bilan Milliy xavfsizlik xizmati shugʻullanmoqda.
Jurnalist nimada ayblanayotgani maʼlum emas. Yakshanba kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida boʻlib oʻtadigan jarayonda jurnalistga qoʻyilgan ayblov eʼlon qilinadi.
Unga qanday ehtiyot chorasi qoʻllanilishi ham oʻsha kuni maʼlum boʻladi.
Bobomurod Abdullayev Toshkentdagi Gvardeyskiy deb nom chiqargan Milliy xavfsizlik xizmati hibsxonasida ushlab turilibdi.
"Kecha qayerda saqlashayotganini eshitganimdan soʻng ustiga kiyim-bosh olib bordim. Tungi 11:30 boʻlib ketgan edi. Hech kim narsalarimni olib qolmadi. Ikki kunning ichida havo sovub ketdi. Qorning sovugʻi bor. U kishi yengil kiyinib chiqib ketgandi", - deydi jurnalistning rafiqasi Katya Balxiboyeva.
29 sentyabr kuni Bobomurod Abdullayevning uyida 4 soat tintuv oʻtkazishgan.
Jurnalistga tegishli kompyuter texnikalari olib ketilgan.
BBCga maʼlum boʻlishicha, tintuvga kelgan organ xodimlari jurnalistning kompyuteriga kirish uchun parol soʻrashgan. Uydagilar bilmaymiz, deyishganidan soʻng qayergadir telefon qilib parol soʻzni aniqlashgan va kirishgan.
Tintuv oʻtkazish qarori Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tergov boshqarmasi boʻlim boshligʻi adliya podpolkovnigi N. D Turakulov tomonidan chiqarilgan.
"Uyga kelganlar turmush oʻrtogʻimni oʻgʻrilik qilishda ayblanayotganini aytishdi. Ammo oʻgʻrilik qilgan boʻlsa nima uchun SNB shugʻullanayapti, degan savolimga javob berishmadi. Opajon biz sizga hech narsa aytolmaymiz", - deyishdi deydi Katya Balxiboyeva.
27 sentyabr kuni bedarak ketgan jurnalistni MXX (SNB) Ichki ishlar organi xodimlari bilan birgalikda qoʻlga olgan.
Bobomurod Abdullayev Oʻzbekistonda futbol jurnalisti sifatida tanilgan. Futbol federatsiyasi va terma jamoa murabbiylarini keskin tanqidlari bilan ajralib turgan.
Uning tanqidiy maqolalari Oʻzbekistondagi futbolga asoslangan web sahifalarda chop qilingan.
U bir vaqtlar "Ozod ovoz" mustaqil web saytiga asos solgan. Britaniyaning urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR)ning Toshkentda muxbiri boʻlib ishlagan.
Bobomurod Abdullayev BBCga Oʻzbekistondagi muammoli mavzularda oʻzining erkin fikrlarini berib turgan.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6