http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41452823?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Bu qarorning qabul qilinishi soʻmning konvertatsiyasi boshlanishi ortida ishlab chiqilmoqda.
Hukumat shu orqali mamlakatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan narx-navoning keskin oshib ketishning oldini olishga harakat qilmoqda.
Chunki mamlakat hamon koʻplab isteʼmol tovarlarining importiga bogʻliq: agar kursning birlashtirishi sabab boj va toʻlovlar hisoblanayotganida ularning miqdori ikki barobar oshadigan boʻlsa, bu narxlarga oʻz salbiy taʼsir qilmasdan qolmaydi.
Oʻtgan hafta Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mamlakatga xorijdan olib kelinadigan tovarlarga import bojlari va aktsiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi prezident qarori loyihasi eʼlon qildi.
Loyihada asosan oziq-ovqat mahsulotlari: yirik va kichik qoramol, qoramol goʻshti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yorma, un va boshqa mahsulotlarga import bojini pasaytirish yoki butunlay bekor qilish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, qator tovarlar boʻyicha bojlarni hamda bir qator tovarlarga aktsiz soligʻini kamaytirish taklif etilmoqda. Qator tovarlarning, masalan, avtomobillarning import bojlari oʻzgarishsiz qoldirilgan. Yangi tariflar 1 oktyabrdan kuchga kirishi moʻljallangan.
Bundan oldinroq, 12 sentyabrda Oʻzbekiston prezidentining 15 sentyabrdan boshlab shakar olinadigan mahsulotlarni (shakarqamish, qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimyoviy toza saxaroza) olib kelishda bojxona bojini bekor qilish haqidagi qarori eʼlon qilingan edi.
Mazkur qarorga koʻra, saryogʻ, soya va kungaboqar yogʻlari, urugʻ mahsulotlari (kartoshka, bugʻdoy, meslin, javdar, arpa, joʻxori, grechixa, soya, zigʻir, kungaboqar va boshqalar), javdar uni, qattiq bugʻdoy yormasi va dagʻal maydalangan uni, shakarqamish shakari, kakao donlari, farmatsevtikada foydalaniluvchi xom ashyo hamda jonivorlarni oziqlantirish uchun ayrim mahsulotlar uchun nol foizli bojxona bojini qoʻllash koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, 1 sentyabrdan boshlab ayrim mahsulot turlari uchun bojxona toʻlovlari stavkalari kamaytiriladi. Bunda gap yirik shoxli qora mollar, choʻchqa goʻshtlari, choʻchqa yogʻi, parranda yogʻi va boshqa goʻsht mahsulotlari, kofe, bugʻdoy uni va shakarqamish shakari haqida ketmoqda.
Shu oʻrinda bir narsani oldindan aytib oʻtish zarur, deydi mahalliy ekspertlardan biri. Qayd etish zarurki, mustaqillikdan keyin oʻtgan 26 yil davomida Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻta yopiq va import bojlari qoʻshni davlatlarga qaraganda juda yuqori boʻlgan mamlakatga aylandi.
Hukumat protektsionistik siyosat oʻtkazib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat bozorini yuqori bojlar (masalan, yangi avtomobillarga solinadigan boj va aktsiz soliqlari qiymatini 130% atrofida oshirdi) va aktsiz soliqlari bilan himoya qilishga urindi.
Bu esa koʻp hollarda teskari natija berdi, yaʼni "qora bozor" iqtisodiyotining, mamlakatga olib kirilayotgan mollarning aksar qismi noqonuniy yoʻllar bilan bojxonalarni chetlab oʻtgan holda olib kirilishiga olib keldi.
Oʻz-oʻzidan maʼlumki, bu mollar rasmiy statistikadan ham tashqarida. Endilikda esa, hukumat erkin bozor iqtisodiyotiga oʻtish asnosida oldin oʻrnatilgan boj va aktsiz soliqlarini pasaytirishga majbur boʻlmoqda.
Ikkinchi tomondan, mahalliy bozorda kuchli raqiblar bilan raqobatga uchramagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarda mahsulot sifatini oshirish, yangidan yangi mollar ishlab chiqarish, innovatsion ishlanmalarni joriy etishga ragʻbat yoʻq. Chunki, yopiq bozor sharoitida ushbu tovarlar shunday ham sotilib ketmoqda.
Ayniqsa, dollar kurslarining birxillashtirilishidan soʻng ushbu masala yangi muammolar keltirib chiqardi.
Yaʼni oldinlari rasmiy 4210,35 soʻmdan hisoblab boj toʻlangan tovarlarning bojxona toʻlovlari birdaniga qimatlashdi.
Toshkentdagi chakana bozorlardan birida savdo qiluvchi savdogarlardan birining ismi sir qolishi sharti bilan aytishicha, oldinlari bir chorakda 50 mln. soʻm boj toʻlab olib keladigan mollari uchun yangi kurs boʻyicha deyarli 100 mln. soʻm boj toʻlash talab qilingan.
Shu sababli koʻpchilik hali yangi buyurtma qilgan mollarini "rastamojka" qilgani yoʻq va nima qilishga hayron.
"Agar molarni yangi belgilangan miqdordagi bojlarni toʻlagan holda olib kelsak, ularning narxini deyarli 100% oshirishga toʻgʻri keladi. Buni esa bozor umuman koʻtarmaydi", deydi tadbirkor kuyunchaklik bilan.
Bojxonadan tadbirkorlarga mollarni yangi tariflar boʻyicha rasmiylashtirish, yoki yakuniy qaror qabul qilingancha kutib turishni taklif qilishgan.
Oʻzbekistonlik taniqli tadbirkor, mamlakatdagi "Korzinka.uz" supermarketlar tarmogʻi asoschisi Zafar Hoshimov yaqinda erkin konvertatsiya mexanizmlari eʼlon qilinganidan soʻng bildirgan kuzatuvlarida ham agar bojlar pasaytirilmasa, bu iqtisodiyotga teskari samara berishi mumkinligiga eʼtibor qaratib oʻtgan edi.
"Bojxona toʻlovlari, Prezident Farmonida koʻzda tutilganidek, import qilinadigan tovarlar narxlari keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bir hafta mobaynida qayta koʻrib chiqiladi. 20 foizlik QQS stavkasi saqlanib turadigan boʻlsa, ayrim import qilinadigan tovarlar narxi baribir oshishi mumkin. Agar bu topshiriq aniq va samarali bajarilmasa, chet eldan xar xil "qora" va "soya" sxemalar orqali tovarlar olib kelish koʻpayadi. Bir tarafdan, bu davlat byudjetiga tushumlarga salbiy taʼsir koʻrsatsa, boshqa tarafdan bu "qora bozor" uchun yangi "oʻlja" boʻlib xizmat qiladi, hamda u yerda valyutaga talabni orttiradi, soʻmga nomutanosib taʼsir koʻrsatib, naqd pullarning bankdan tashqari aylanishini koʻpaytiradi. Bir soʻz bilan aytganda, yaxshilikka olib kelmaydi. Shunday qilib, barcha turdagi import qilinadigan tovarlarga bojxona bojlari va toʻlovlarini imkon qadar tezroq tushirish lozim."
Shu bilan birga, taniqli tadbirkor oʻzining Telegramdagi kanalida barcha tadbirkorlik subʼektlariga oʻz banklaridan bozor sharoitlarida valyuta xarid qilish uchun teng sharoitlar yaratilgach, bozorda qatnashuvchilar soni ortishi, raqobat oshishi, natijada yuzaga keladigan teng sharoitlarda import qilinadigan isteʼmol tovarlarining narxi yaqin uch oy-yarim yilda pastga tusha boshlashini ham prognoz qilib oʻtgan.
Boj va aktsiz soliqlarining qay darajada boʻlishi 1 oktyabrda maʼlum boʻladi.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
https://youtu.be/PePHpXZDWBE