http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41401305?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda vatandosh yoshlar bilan uchrasha turib, tarixda dunyoga buyuk olimlarni taqdim qilgan bugungi Oʻzbekistonda yoshlar orasida aniq fanlarga qiziqishni kuchaytirish haqida gapirdi.
"Koʻp qarorlar chiqdi. Mirzo Ulugʻbek va al-Xorazmiy maktabini yaratish boʻyicha qaror chiqdi. Man yuragimdan buni his etib yurardim, qachon astronom bobomiz Mirzo Ulugʻbekning nevarasi, davomchisi paydo boʻladi, deb", - dedi.
Shu kunlarda AQShning nufuzli Texas Universitetida safarda boʻlgan toshkentlik jurnalist Anora Sodiqova ayni mavzuda oʻz maqolasini chop etdi.
Unda AQShda va Oʻzbekistonda iqtidorli talabalarga boʻlgan eʼtibor qiyoslanadi. Quyida sizga maqolani havola etamiz.
"Qilindi, bajarildi"
Universitet talabalarga bilim berib, qoʻliga diplomini topshirib ularni katta hayotga uchirma qiladi. Kimdir yoʻlini topib ketadi, kimdir kirachilik qilib diplomini sandiqqa joylab qoʻyadi... Afsuski, bu ayni haqiqat.
Bugungi kunda Universitet oldida aniq fanlarga yoshlarni jalb qilish va tahsilni tamomlagach ularni ish bilan taʼminlash masalasi dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Uch tomonlama shartnomalar qogʻozda bor, ammo amalda natija berayotgani yoʻq.
Bu shartnomalar talaba va bilim yurtlari uchun ortiqcha daxmaza boʻlmoqda, xolos.
AQShning Qozogʻistondagi elchixonasi tashkil etgan Go Viral Reporting tour dasturi orqali AQShning Texas shtati, Ostin shahridagi Texas Universitetining ayni shu boradagi tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldim. Qisqacha boʻlsada, Texas Universitetining bu boradagi tajribalari bilan oʻrtoqlashsam.
Texas Universiteti AQShning Kaliforniya va Garvard Universitetlari oldida oʻz nufuzi va talabalar koʻlami bilan tenglasha oladi.
Universitet talabalarini bir tumanning aholisiga qiyoslash mumkin. 30 mingdan ortiq talaba tahsil oluvchi universitetda 12 mingga yaqin oʻqituvchi, domlalar dars beradi. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor.
Texas oliygohining boshqa taʼlim muassasalaridan farqi shundaki, u yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga katta eʼtibor beradi va bu borada yangiliklar yaratuvchi talabalarni qoʻllab quvvatlaydi.
Aniqrogʻi Universitet talabaning texnologik yangiligini ishlab chiqishga homiylik qilib, uni patentlashtirish va biznesda, amalda qoʻllashga ham koʻmaklashadi.
Natijada Universitet ham, talaba ham ixtiro orqali daromad koʻradi. Talaba kichik yangiligi ortidan keluvchi daromadning 50 foizigacha egalik qilishi mumkin.
Yaʼni Universitet talabani oʻqitib, uning ixtirosini hayotda qoʻllashga koʻmaklashib, daromadini ham taʼminlab bermoqda. Buning ustiga oʻzi ham asosiy daromaddan chetda qolayotgani yoʻq.
Xususan, doimiy hamrohimizga aylangan qoʻl telefonlari batareykalari ham aynan shu universitetda patentlashtirilgan boʻlib, hozirda uni takomillashtirish ustida ishlanmoqda.
Shuningdek, kompyuter texnologiyalari boʻyicha ham patentlashtirilgan yangiliklar talaygina. Universitet dunyoga mashhur Dell, Facebook, GM, Samsung, Apple, Google kabi yirik kompaniyalarga har yili mingdan ortiq mutaxassislarni tayyorlab beradi. Bir soʻz bilan aytganda ushbu Universitetda tahsil olayotgan talaba kelajagi borligiga ishonadi.
Universitet rektori Grigori Fenvesning aytishicha, hozirda oliygohda saraton kasalligini operatsiya qilishda qoʻllaniluvchi va umuman tibbiyot sohasidagi yangi texnologiyalar ustida ham ishlanmoqda.
Oʻzimizning universitetlarga qaytsak, bizda salohiyatli, bilimga chanqoq yoshlarimiz talaygina.
Yildan-yilga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish istagida boʻlgan yoshlar safi ortmoqda.
Ularning iqtidoridan foydalanish, ularga tahsil olishda va yangi ixtirolar qilishda koʻmaklashish, hamda bunga mablagʻ ajratish shubhasiz ertaga katta samara beradi.
Texas Universiteti rektorining aytishicha, 1980 yillarda shtatni tang ahvoldan olib chiqishga yordam bergan asosiy omil ham aynan universitet talabalarini yuqori texnologiyalarga yoʻnaltirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻlgan.
Hozirda universitet tadqiqotlar uchun 500 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratgan va uni ertaga bir necha marotaba ortib qaytishiga ishonadi.
Aytmoqchimanki, bizning universitetlarda ham qogʻozbozlik "qilindi, bajarildi" kabi koʻrsatmalar berish uchun ishlanmasa...
Uzoqni koʻzlab, katta natijalarni, rivojlanishni taʼminlovchi loyihalar ustida ishlansa edi.
Axir bizda katta boylik - ilmga chanqoq yoshlarimiz bor.
Uch tomonlama shartnomalar kabi qogʻozbozlikni ijod qilmasdan, yuqorida keltirilgan universitet tajribalarini qoʻllash vaqti kelmadimikan? http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41401305?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10