http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41372450?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba talabalar, oʻqituvchi va shifokorlar paxta dalaridan ortga qaytgan. Kuzatuvchilar Mirziyoyevning Nyu Yorkdan qaytgan kechasi yarim tunda bunday qaror olinishiga Jahon Banki Prezidenti bilan uchrashuv sabab boʻlganini aytishmoqda.
Jahon banki Prezidenti va Shavkat Mirziyoyevning 20 sentyabrda Nyu Yorkda uchrashuvi tafsilotlari mazkur bank web sahifasida chop qilindi.
Unda aytilishicha, Jahon banki Prezidenti Jim Yong Kim Oʻzbekistonda tizimli ravishda bolalar mehnatidan foydalanishga barham berishdagi oʻsishni eʼtirof etgan, biroq yoshi kattalarning majburiy mehnatini tugatishda olib borilayotgan ishlar ham ham xuddi shunday qatʼiy va tezkor natija olib kelishi kerakligini taʼkidlagan.
"Prezident Mirziyoyev majburiy mehnatni tugatish borasida oʻz qatʼiyatini bildirdi va Prezident sifatida Xalqaro mehnat tashkiloti kuzatuvlarining Oʻzbekiston boʻylab eʼlon qilinmagan va hamroxlarsiz safarini taʼminlashiga vaʼda berdi", - deyiladi xabarda.
Jim Yong Kim, shuningdek, Shavakat Mirziyoyevni Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar, xususan, valyuta ayirboshlashni erkinlashtirilgani bilan tabriklagan.
U mamlakatda jamoat institutlari samaradorligi oshishiga va xususiy sektorning oʻsishiga yordam beruvchi dasturlarni qoʻllab quvvatlash uchun Jahon Banki yordamining davom etishini bildirgan.
Jahon Banki Prezidenti Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar ochilayotgani va Mirziyoyevning mintaqaviy hamkorlikka eʼtibor qaratayotganini olqishlagan.
Oʻzbekistonda oʻqituvchi, shifokor va talabalarning paxta dalalaridan qaytarish buyrugʻi Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan Mirziyoyev Amerikadan qaytib Toshkentga qoʻngan kechasi berilgan.
Yarim tungacha davom etgan video selektorda Aripov talaba, oʻqituvchi va shifokorlarning ortga qaytishi haqida topshiriq bergan.
Tahlilchi Alisher Ilhomov Facebookdagi sahifasi shifokor, oʻqituvchi va talabalarning paxtadan qaytarib olish qaroriga Mirziyoyevning Jahon Banki Prezidenti bilan uchrashuvdagi suhbati sabab boʻlganini yozadi.
"Huquq himoyachilari va matbuot olib borgan kampaniyadan tashqari Jahon Banki Prezidentining Shavkat Mirziyoyevga bosim oʻtkazgan suhbati talaba, shifokor va oʻqituvchilarning paxtadan qaytarilishiga sabab boʻldi. Jahon Banki ham majburiy mehnat qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi sohasiga kredit berish tufayli huquq himoyachilarining doimiy bosimi ostida boʻlgandi", - deydi Alisher Ilhomov
Oʻqituvchi, shifokor va talabalarning paxtadan qaytishi Oʻzbekistonda xushxabar sifatida qabul qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda toʻp-toʻp boʻlib avtobus va poyezdlarda shaharlarga qaytayotgan talabalarning suratlari chiqqan.
Talabalarning Oʻzbekiston boʻylab paxtadan qaytarilishi SSSR tarkibidagi va mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk martotaba kuzatilayotgani aytiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ististo tariqasida poytaxtdagi talabalar paxtaga chiqarilmas edi.
Biroq Toshkentdagi qishloq xoʻjaligi va Irrigatsiya oliygohi talabalari ham oʻsha kezlari paxtaga chiqqanligi aytiladi.
Soʻnggi yillarda Toshkentdagi talabalar ham ixtiyoriy-majburiy ravishda paxtaga chiqarilayotgan edi.
"1966 yil Toshkentda zilzila roʻy berganidan soʻng ochilgan va men (1993-1998 yillarda) oʻqigan Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti 51 yoshga toʻldi. 51 yil (yarim asr!) ichida ilk bor talabalar paxtaga chiqmayapti", - deb yozadi kun.uzning Samarqanddagi muxbiri Shuhrat Shokirjonov.
Biroq kuzatuvchilar bu bilan Oʻzbekiston majburiy mehnat tugab qolmaganini aytishadi.
Oʻqituvchi, shifokor va talabalarning ortga qaytarilishi tadbirkorlarga qoʻshimcha yuk boʻlgan. Qoʻqonda bozor rastalarida turgan savdogarlarga paxtaga chiqish yoki odam yollash uchun pul berish talabi qoʻyilgan.
Bunday holat Oʻzbekistonnning boshqa joylarida ham kuzatilmoqda.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 23