http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41308726?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Namangan viloyat hokimi toʻy-hasham va maʼraka-marosimlarni ixchamlashtirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini taqdim etgan.
11 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirilgan loyihada hokim Xayrulla Bozorov toʻy-maʼrakalarni bir kunda oʻtkazish, ularning vaqtini 3 soatdan oshirmaslik va mehmonlar sonini 250 kishi bilan cheklab qoʻyishni taklif etgan.
Toʻyga taklif etiladigan navbatchi sanʼatkorlardan tashqari "qoʻshimcha sanʼatkorlar" soni 2-3 nafardan oshmasligi kerak.
Loyihada shuningdek, sovchilikka faqat ikki kishini yuborish, sovchilarni oddiy dasturxon bilan kutib olish va kuyov kelinga qiladigan hadya narxini eng kam ish haqining ( 149 775)10 barobari miqdorida belgilab qoʻyish tavsiya qilingan.
Kelin-kuyov korteji 3 ta avtoulovdan oshmasligi kerak.
Toʻydan keyin hech qanday bazm va ziyofatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Namangan shahri va boshqa ayrim hududlarda toʻydan keyin 1 oy, hatto 40 kungacha kuyovga nonushta tashish anʼanasi mavjud.
Hokim "Fotiha tuy" va "unashtiruv" marosimlarini qoʻshib yuborish hamda ularda ishtirok yuboriladigan odamlar va togʻoralar sonini 2-4 tadan oshirmaslikni taklif qilmoqda.
Unga koʻra, uchrashuv chogʻida tomonlar toʻyni ixcham qilib oʻtkazish borasida kelishib olishlari kerak boʻladi.
Hokim yaqin qarindoshlarning nikoh qurishlari ustidan nazoratni kuchaytirish, bunday nikohlarga yoʻl qoʻymaslikni taklif etgan.
Shuningdek, FHDYo lar kasb-hunar kollejlari oʻquvchi qizlari talim muassasasini tamomlamagunicha nikohni rasmiylashtirmaydi va yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonlarida korruptsiya holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
"Toʻy va marosimlarda jamoat tartibini saqlash va tadbirlarni kech (soat 20:00)gacha choʻzilib ketishini oldini olish maqsadida proflatika inspektorlari tomonidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin", deyilada loyihada.
Hokim viloyat prokuraturasi va adliya boshqarmasiga qaror bilan belgilangan tartibga amal qilish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatishni topshirgan.
Namangan viloyat hokimi qaror ijrosini shaxsan nazorat qilishini aytgan.
Fuqarolar muhokamaga qoʻyilgan qaror loyihasiga oʻzgartirishlar taklif etishlari, uni maʼqullash yoki rad etishlari mumkin.
Avvalroq Prezident Mirziyoyev dabdabali toʻy-maʼrakalarni tanqid qilgandi.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10