Mintaqa bozorlariga ham kuz oralab qoldi: Hozir qo‘shni Afg‘onistonda ham behilar naq pishib yetilgan payt. Afg‘onistonning Turkmanistonga bevosita chegaradosh shimoliy Faryob viloyati, ayniqsa, o‘zining behilari bilan mashhur. Har biri choy piyolasidek keluvchi va oltindek tovlanayotgan bu behilar butun Afg‘oniston bo‘ylab o‘zining shirindan shakar ta’mi bilan tilga tushgan. Shu kunlarda bu behilar Faryob markazi – Maymana bozorlari rastalarini to‘ldirgan. Hosil ham mo‘l bo‘lgan. Faryobda bo‘lgan muxbirimiz Shafiybek O‘g‘lining aytishicha, kilosi qariyb bir AQSh dollari ekaniga qaramay, uning xaridorlari birgina mahalliy aholining o‘zi bilan cheklanmaydi. Odamlar poytaxt Kobulda bo‘lishadimi va yoki boshqa bir viloyatda, yaqinlaridan, albatta, bir-ikki kilosini berib yuborishlarini so‘rashadi yoki ataydan, o‘zlari kelishadi, shu bois ham, bozori yaxshi, bog‘bonlar ham, tujjorlar ham xursand, deydi u. Afg‘onistonda behini palovdan tashqari yana sho‘rva va qovurmaga solishadi. Murabbo ham qilishadi. Ammo, muxbirimizning aytishicha, bu yil narxi ancha baland ekani bois, uni murabbo tayyorlash uchun sotib olish istagida bo‘lgan xonadonlarning soni kam. Behi Faryobning eng beqaror uch tumani: Qaysor, Pashtunkot va Xo‘ja Sabzipo‘shda ko‘p ekiladi. Lekin, shunga qaramay, bittagina O‘ncha Arlot qishlog‘ining behilariga butun Afg‘onistondagi qolgan hech birisi teng kela olmas ekan.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16