Vazirlar Mahkamasi chiqargan qarorga ko'ra, o'zbekistonlik haydovchilarning amal qilish muddati ko'rsatilmagan haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvarda o'z kuchini yo'qotadi. O'zbekistonda hozirgi ko'rinishdagi haydovchilik guvohnomalari 10 yil oldin joriy qilingan edi. 2020 yilgacha avtotransport vositasini ro'yxatdan o'tkazganligi to'g'risidagi guvohnoma ham almashtiriladi.Yangi guvohnoma eskisidan plastik shaklda tayyorlanganligi bilan hamda 10 yil muddatga berilishi bilan farq qiladi.Oradan o'n yildan sal ko'proq vaqt o'tib O'zbekiston hukumati aholining haydovchilik guvohnomasini yana bir bor yalpi yangilishga qaror qilgan.Bu safargi o'zgarishlarga 1968 yil Venada qabul qilingan "Yo'l harakati to'g'risida"gi Konvensiya tavsiyalariga muvofiqligini ta'minlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish maqsad qilib qo'yilgan.Qarorda 2006 yil 19 dekabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasini tasdiqlash to'g'risidagi" qabul qilingan qarorda keltirilgan namuna nima sababdan Vena konvensiyasini e'tiborga olmaganini yoki to'g'ri kelmay qolgani borasida hech narsa deyilmagan.Qarorga ko'ra, yangi turdagi haydovchilik guvohnomalari 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab ko'ngilli ravishda rasmiylashtirila boshlanadi.2019 yil 1 yanvar - 2020 yil 31 dekabr davrida majburiy tartibda almashtiriladi.Haydovchilik guvohnomasi bilan birga avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017-2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich - avtomototransport vositasini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazishda amalga oshiriladi.Yangi haydovchilik guvohnomasi ehtiyojmi, pul topish vositasi?O'zbekistonda so'nggi 20 yil ichida uchinchi marta umummilliy miqyosda haydovchilik guvohnomasi almashtirilmoqda. 2006 yildan oldin 1998 yilda ham o'zbekistonlik haydovchilarga "yangi namunadagi" guvohnoma olishga majbur bo'lishgan.1998 yili qabul qilingan qarorda ham "markazlashgan tartibda kompyuter va boshqa texnik jihozlar asosida hisobga olish, uni shakllantirish uchun majburiy ma'lumotnomalar ro'yxatini tuzish", nazarda tutilgan.Rasmiylar yangi namunadagi hujjatlarni xalqaro talablarga moslash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida joriy qilayotgani aytayotgan bo'lsa-da, o'zbekistonlik haydovchilar ushbu rasmiy sabablarga shubha bilan qarashmoqda.Fikr bildiruvchilar, nima sababdan bu safargi yangi namunada dunyoda keng tarqalgan chipli guvohnomalar tayyorlanmaganligini so'roq ostiga olishgan."Chiplik qilish kerak. Qoida buzganni pravasi terminalga bir tiqvolinadi. Bo'ldi. Yil oxirida to'latadi hamma shtrafni".Guvohnomalarning ma'lum muddatda almashtirilishi majburiy qilib qo'yilganini xalqdan pul yig'ishning yangi bir uslubi sifatida talqin qilganlar ham bor."Endi eski deb xozirga prava majbur almashtirib yana xalkdan pul undiradi bular", - deydi Avaz.Xalqaro tajribada yangi guvohnomalar qabul qilingan mahal, odamlarga noqulaylik yaratilmasligi uchun eski hujjatlar o'z muddati tugaguncha amal qilishda davom etadi.O'zbekiston misolida esa rasmiylarning muddat belgilashiga joriy haydovchilik guvohnomalarida amal qilish muddati ko'rsatilmaganligi sabab qilib keltirilmoqda.Biroq 20 yil ichida mamlakat bo'ylab 3 marta yangi guvohnomalar joriy qilinishi korrupsiya va boshqaruvsizlikdan darak berishi aytiladi.Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEKInstagram - BBC UZBEKTwitter - BBC UZBEKOdnoklassniki - BBC UZBEKFacebook- BBC UZBEKGoogle+ BBC UZBEKYouTube - BBCUZBEK ( https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - bbcuzbekradiobbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring http://www.bbc.com/uzbek/39159629
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2