Dunyo ikki tomon, bilgin, nigorim,
Kim o'ynadi, kim yig'ladi, dildorim.
Kim u tomon, kim bu tomon, sarsonam,
Sen yig'lading, men o'ynadim, nigorim.
Yig'ladi, yig'ladi, yig'ladi yuragim,
Topmadi sendek, nigorim.
Bu kecha oyga boqib, so'zlarimni
Tinglagin bir bor, dildorim.
Dardim aytsam, oy ham yig'lar, dildorim,
Dil yig'lasa, bir bor esla, nigorim.
Mendan yiroq ketar bo'lding, dildorim,
Alam qilar – yurak sensiz, nigorim.
Yig'ladi, yig'ladi, yig'ladi yuragim,
Topmadi sendek, nigorim.
Bu kecha oyga boqib, so'zlarimni
Tinglagin bir bor, dildorim.