Предыдущая публикация
Nari borsa do'stmiz o'rtacha.
Bir ohangda har kun hol so'rash,
Boshqa hech gap yo'qdir o'rtada.
Lekin har gal tushganida ko'z,
Ko'zlaringni yonishi nechun?
Uchrashganda aytolmay bir so'z,
So'ngra dilning xonishi nechun?
Ko'rgim kelar o'ychan ko'zingni,
Sening ma'sum boqishlaringni,
Sezmaysanmi, jonim, o'zingni,
Menga juda yoqishlaringni.
Senga ko'char mendagi titroq,
Bu samoviy sezgimasmi, ayt?
Sensiz o'tgan har onim firoq,
O'rtamizda sevgimasmi, ayt?
Balki mening o'ylarim yanglish,
Balki hech gap yo'qdir o'rtada.
Ishonmayman, shunchaki tanish,
Nahot dilni shuncha o'rtasa?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев