06:16
'' YIGIT ZOTI SINMASIN DUNYODA'' _____________☝________- O'tkinchi dunyoda omonat joni qayda bo'lsa xam xor bo'lmasin xoli boyligi ketsa xam ketmasin ori Yigit zoti sinmasin dunyoda Ishi tushib qolmasin chin do'stga xam tog'lar qullab ketar ko'zda bo'lsa nam duoga qo'l ochsa bergin yo Egam Yigit zoti sinmasin dunyoda Iymon etiqodi bo'lib ziyoda yori tengsiz bo'lsin ibo xayoda otliqda emas yursa xam piyoda yigit zoti sinmasin dunyoda Yo'qchilik nima-u yo'qchilik sinov o'zingdan o'tganin tushunmas birov yosh turib sochiga tushsa xam qirov Yigit zoti sinmasin dunyoda Musofir yurtlarda yurganlar qancha risqini xalollab terganlar ancha taqdir g'am toshini otsa xam qancha Yigit zoti sinmasin dunyoda Manziliga yetmay to'xtasa karvon omadsizman deya o'kinma o'g'lon zarli emas eski kiysa xam cho'pon yigit zoti sinmasin dunyoda Kulib qo'ying dushman qilganida mot bilib qo'ying keyin chopar yaxshi ot Xudodan yolvorib so'raydi OZOD YIGIT ZOTI SINMASIN DUNYODA ........ OTABEK...NAIMOV...