
'' YIGIT ZOTI SINMASIN DUNYODA''
___________☝_____________
O'tkinchi dunyoda omonat joni
qayda bo'lsa xam xor bo'lmasin xoli
boyligi ketsa xam ketmasin ori
Yigit zoti sinmasin dunyoda
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
Ishi tushib qolmasin chin do'stga xam
tog'lar qullab ketar ko'zda bo'lsa nam
duoga qo'l ochsa bergin yo Egam
Yigit zoti sinmasin dunyoda
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
Iymon etiqodi bo'lib ziyoda
yori tengsiz bo'lsin ibo xayoda
otliqda emas yursa xam piyoda
yigit zoti sinmasin dunyoda
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
Yo'qchilik nima-u yo'qchilik sinov
o'zingdan o'tganin tushunmas birov
yosh turib sochiga tushsa xam qirov
Yigit zoti sinmasin dunyoda