
Men Sizni Ko'rmagan bo'lsam ham Juda Sog'indim Dadajon😔😟
Chin do'st izlab, kezib dunyoni
Har o'tlarga tashlab bu jonni
Axtarsam ham butun jahonni
Sizdek bir do'st topmadim ota …
Kulfat kelsa sizsiz panohim
Siz o'zingiz suyangan tog'im
Baxtimga otamni asra ollohim
Sizdek bir do'st topmadim ota …
Kimlar yo'llarimga qo'ymadi tuzoq
O'ylasam o'ylarimning yo'llari uzoq
Men sabab bugun sochlaringiz oq
Sizdek bir do'st topmadim ota …
Kimlar ko'ra olar bunday yurganim
G'animlar ichida mag'rur turganim
Izlasam ham ko'zim ochib ko'rganim
Sizdek bir do'st topmadim ota …
Yiqilsam ham doim, tur bolam degan
To'xtama faqat olg'a yur bolam degan
Bir kun seniki bo'lar butun olam degan
Sizdek bir do'st topmadim ota !!!