XUDO Umur bersa yashayversa to'q,
Ayting kimning 100 yil yashagisi yo'q.
Yuragimda yuz ochar ajib bir cho'g',
Bir kunda bir soat Do'st uchun yasha.
Qafasga sig'maydi orzular qushi,
Joningni chimchilar ro'zg'or tashvishi,
Ayt poyon topgaymi bu dunyo ishi,
Bir kunda bir soat Do'st uchun yasha.
Dasturxoning to'ldirma topganingni qo'y,
Mayli qadah tutma diydoriga to'y.
Ostonangga kulib ko'rsatganda bo'y,
Bir kunda bir soat do'st uchun yasha.