Amerika rahbari qo'shinlarni Afg'onistondan olib chiqa boshlash qarorini tushuntirar ekan, mamlakatda vaziyat yaxshilanmoqda, zobitlarni kamaytirish fursati yetdi, deydi. Barak Obama 22 iyun kuni Oq Uyda "Amerika Ovozi" bilan ekslyuziv muloqotda bo'ldi. Muxbirimiz Andre de Neshneraning savollariga javob berar ekan, jumladan shunday dedi: "2011 yil oxirigacha 10 ming askar vatanga qaytadi. Kelasi yilning yozida esa yana 23 ming. Jami 33 ming".