Shubhasiz har bir yurt tinchligi yo'lida xizmat qilib, uning taqdiriga befarq bo'lmagan insonni osoyishtaligimiz ta'minotchilari bo'lgan Qurolli Kuchlarimiz faoliyati, unda yuz berayotgan ijobiy o'zgarishlar, tashlanayotgan olg'a qadamlar qiziqtirsa ajab emas.
Aynan shu istaklarni hisobga olgan holda, hamda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yillik bayramiga munosib tuxfa tayyorlash maqsadida UZREPORT TV telekanalining ijodiy guruhi Milliy Armiyamiz hayoti haqida xujjatli filmni tasvirga oldi.